Iqtisod

Oʻzbekiston Eron bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtiradi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Fotobankka oʻtishTehron shahri
Tehron shahri - Sputnik Oʻzbekiston
Muzokaralarda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsion aloqalarni chuqurlashtirish va Oʻzbekiston-Turkmaniston-Eron-Oʻmon mintaqalararo transport koridorini ishga tushirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

TOSHKENT, 13 mar — Sputnik. Bugun 13 mart kuni Tashqi ishlar vazirligida Oʻzbekiston-Eron vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining beshinchi raundi boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.

Uchrashuda ikki mamlakat hamkorligining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi va ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek Oʻzbekiston va Eronning  BMT, SHHT, va IHT xalqaro tashkilotlari doirasidagi aloqalarida kuzatilayotgan ijobiy jarayonlarga eʼtibor qaratildi.

Muzokaralarda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsion aloqalarni chuqurlashtirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi alohida qayd qayd etildi. Ushbu maqsadlarni amalshga oshirish yoʻlida Oʻzbekiston-Turkmaniston-Eron-Oʻmon mintaqalararo transport koridorini ishga tushirish alohida ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

Shuningdek, uchrashuvda vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarni doimiy asosda oʻtkazish ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi dolzarb masalalarni tizimli koʻrib chiqish, hamkorlikning Oʻzbekiston va Eron manfaatlariga mos keluvchi yoʻnalishlarini birgalikda ishlab chiqish imkonini berishi eʼtirof etildi.

Uchrashuv Eron Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Ibrohim Rahimpur boshchiligidagi delegatsiya hamda Eronning Oʻzbekistondagi Elchisi Bahman Ogʻoroziy Doʻrmoniy ishtirokida boʻlib oʻtdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala