Jamiyat

Oʻzbekistonda eng koʻp tavsiya qilingan internet-provayderlar reytingi

“Yaxshi internet-provayderni maslahat bering” degan murojaatlar turli ijtimoiy guruhlar saytida tez-tez uchramoqda. Xoʻsh, Oʻzbekistonda foydalanuvchilar qanday internet-provayderlarni boshqalarga tavsiya qilishga tayyor?

TOSHKENT, 13 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda internet aloqasi sifati doim ham yaxshi emasligi hech kimga sir emas. Ushbu mavzu ijtimoiy tarmoqlarda ham eng koʻp muhokama qilinayotgan mavzulardan biri boʻlib qolmoqda. Potrebiteli.uz sahifasi xabariga koʻra oʻtgan yil davomida nashrning ijtimoiy tarmoqlaridagi guruhlarida “Yaxshi internet-provayderni maslahat bering” degan murojaatlar 112 marta kelib tushgan.

Odatda bunday savollarga guruh foydalanuvchilari “Buni unuting, bizda yaxshisi yoʻq”, yoki “Ularning bari bir xil” kabi javoblar berishadi. Lekin oxirgi vaqtlarda oʻz provayderi xizmatlaridan mamnun boʻlgan foydalanuvchilar ham paydo boʻla boshladi.

Haqiqatni aniqlash maqsadida Potrebiteli.uz mualliflari ijtimoiy tarmoq va forumlarda internet-provayderlari xizmatlari muhokama qilingan yuzdan ortiq mavzularni sinchiklab oʻrgani chiqib har bir provayder haqida aytilgan ijobiy fikrlarni qayd etishgan.  

Natijada internet foydalanuvchilari tomonidan umumiy hisobda aytilgan 972 ta tavsiya qayd etilgan. Ushbu izlanish natijasi quyidagi grafikda aks ettirilgan.

Tahlil natijalariga koʻra, Oʻzbekistonda bugungi kunda foydalanuvchilar xizmatidan mamnun boʻlgan va boshqalarga eng koʻp tavsiya etgan quyidagi internet provayderlar aniqlangan: Turon Telecom, Sarkor, Uzonline. Ushbu kompaniyalar Potrebitel.uz nashridan oltin tipratikan timsolini olishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala