Jamiyat

Rossiya fuqaroligini olish tartibiga “yer huquqi” ham qoʻshilishi mumkin

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishOformleniye i vыdacha biometricheskix zagranichnыx pasportov
Oformleniye i vыdacha biometricheskix zagranichnыx pasportov - Sputnik Oʻzbekiston
Bugungi kunda ota-onasi yoki avlodlari sobiq RSFSR yoki Rossiya Imperiyasi hududida tugʻilgan fuqarolar Rossiya fuqaroligini osonlashtirilgan tartibda olishlari mumkin.

TOSHKENT, 13 mar — Sputnik. Ayni damda Rossiyada fuqarolik olishning “yer huquqiga asoslangan” yangi printsipi ishlab chiqilmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, Davlat Dumasi Milliy masalalar boʻyicha qoʻmitasi raisi Ruslana Balbeka soʻzlariga asoslanib.

Konstantin Zatulin va Natalya Poklonskaya tomonidan taklif qilingan ushbu qonun loyihasi allaqachon qoʻmitaning ijobiy qaroriga ega boʻldi.

“Ushbu qonun qabul qilingan holda, Rossiya fuqaroligini nafaqat qon, qarindoshlik printsiplari, balkim “yer huquqi” asosida ham olish mumkin boʻladi. Fuqarolikka asos rus tilini chuqur bilish va Rossiya imperiyasining sobiq Ittifoq  hududlari bilan boʻlgan aloqalaridir”, — dedi Balbek.

Shunday qilib, yangi qonun, avlodlari sobiq SSSR yoki Rossiya Imperiyasi hududida tugʻilgan, rus tilini yaxshi bilgan fuqarolarga Rossiya fuqaroligini olish imkonini beradi.

“Yer huquqi” – bu huquqiy termin boʻlib, maʼlum mamlakat hududida tugʻilgan har qanday shaxsga, uning millati, irqi va tilidan qatʼiy nazar, ushbu mamlakat fuqaroligini olish imkonini beradi.

Eslatib oʻtamiz AQShda aynan shunday qonun 150 yil oldin (1868 yilda)qabul qilingan boʻlib, haligacha amal qilib kelmoqda. Dunyoda mustamlakachilik, qulchilik amal qilayotgan oʻsha davrlarda, barcha millat va irq vakillariga teng huquq bergan ushbu qonun, amerika tarixida eng demokratik qonuniy akt hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala