Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Prezident devonini isloh qilish haqidagi farmonni imzoladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vstretilsya s rukovodstvom Minoboronы
Shavkat Mirziyoyev  vstretilsya s rukovodstvom Minoboronы - Sputnik Oʻzbekiston
Devon prezidentning konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishi, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston prezidentiga murojaat qilishga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqlari soʻzsiz amalga oshirilishini taʼminlaydi

TOSHKENT, 13 mar — Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning 1 martda chiqarilgan farmoni orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tarkibiy tuzilmalari, faoliyat yoʻnalishi va vazifalari belgilab berildi.

Hujjat Oʻzbekiston Prezidenti devoni faoliyatini yanada takomillashtirish, samaradorligini oshirish va tuzilmasini maqbullashtirish, shuningdek uning tarkibiy tuzilmalari vazifalari va funktsiyalaridagi takrorlanishlarni bartaraf etish, ularni ajratish va aniqlashtirish maqsadida qabul qilindi.

Farmonga koʻra, devon prezidentning konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishi, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston prezidentiga murojaat qilishga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqlari soʻzsiz amalga oshirilishini taʼminlaydi.

Prezident devoni, shuningdek davlatning ichki va tashqi siyosati asosiy yoʻnalishlarini shakllantirish, mamlakat suverenitetini muhofaza qilish, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi.

Bundan tashqari, davlatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish holati hamda tendentsiyasini tahlil qilish, uning natijalari boʻyicha samarali iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, pul-kredit siyosatini oʻtkazish, ilm-fanni, madaniyatni, taʼlimni, sogʻliqni saqlashni, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish kabilar ham devon vazifasiga kiradi.

Jamiyat
Besh yillik Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi

Devon tarkibida yangi xizmatlar tashkil etiladi. Prezident devonining Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati hamda Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati tugatilib, Prezident devonining Siyosiy huquqiy masalalar xizmati tashkil etiladi.

Devonning Ommaviy axborot vositalari, madaniyat, sanʼat va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari xizmati Ommaviy axborot vositalari, maʼnaviyat va maʼrifat, madaniyat, sanʼat va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari xizmati etib qayta tashkil qilinadi.

Devon tarkibiga, shuningdek asosiy vazifa va funktsiyalari, huquq va majburiyatlari Oʻzbekiston prezidentining alohida qarori bilan belgilanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati ham kiradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala