Iqtisod

Turklar Oʻzbekistonda yangi zavod qurishadi

Loyihaning boshlangʻich qiymati 10 million dollar atrofida boʻladi

TOSHKENT, 13 mar — Sputnik. Turkiyaning DAL Teknik Makina kompaniyasi Oʻzbekistonda sanoat ahamiyatiga ega metall konstruktsiyalar zavodini qurishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

"Angren" erkin iqtisodiy zonasida joylashadigan mazkur sanoat obʼyektini tashkil qilish boʻyicha memorandum Oʻzbekiston delegatsiyasining Istanbulga tashrifi davomida imzolandi.

Vitse-premyer RUz R.Azimov na vstreche s prezidentom Turtsii R.Erdoganom - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston va Turkiya qiymati 1 mlrd dollarlikdan ortiq shartnomalar imzoladi

"Loyihaning boshlangʻich qiymati 10 million dollar atrofida boʻladi. Turkiyalik investorlar zona hududini koʻrib chiqishdi va Ohangaron sanoat blokidagi umumiy maydoni 6 gektarni tashkil etuvchi joyni tanlashdi. Hozirda maʼmuriy kengash koʻrib chiqishi uchun zarur hujjatlar tayyorlanmoqda", — dedi "Angren" EIZ vakili.

Tomonlar loyihani shu yilning oʻzida yakuniga yetkazishni rejalashtirgan. Ekspertlarning baholashlaricha, yangi zavodning qurilishi Oʻzbekistonga sanoat ahamiyatiga ega tayyor metall konstruktsiyalarni import qilishni sezilarli darajada kamaytiradi va 100ga yaqin yangi ish oʻrni yaratiladi.

Oʻtgan yili "Angren" EIZda 56,7 million dollar investitsiya oʻzlashtirildi, bu 2015 yilga qaraganda 6,1 foizga koʻpdir. Ushbu davr mobaynida 7 yangi zavod qurildi, 929 milliard soʻmlikdan ortiq mahsulot ishlab chiqarildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala