Xalqaro ko‘rgazmalar o‘tkazish uchun yagona tizim tashkil qilinadi

© uzagroexport.uz82-ya Mejdunarodnaya torgovaya vistavka pishevoy promishlennosti, sadovodstva, selskogo i lesnogo xozaystva – IGW Berlin "Zelenaya Nedelya 2017"
82-ya Mejdunarodnaya torgovaya vistavka pishevoy promishlennosti, sadovodstva, selskogo i lesnogo xozaystva – IGW Berlin Zelenaya Nedelya 2017 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda yuzlab ko‘rgazma va tadbirlar o‘tkazish bilan turli davlat muassasalari shug‘ullanmoqda. Bunday faoliyat samaradorligi juda past.

TOShKENT, 14 mar — Sputnik. O‘zbekistonda barcha yirik halqaro ko‘rgazma va forumlar bilan shug‘ullanuvchi yagona korxona tashkil qilinadi, deb xabar qilmoqda Sputnik mkuxbiri, Hukumat vakili xabariga asosan.

Xususan, respublikada doimiy ravishda festival, konferensiya, forum va boshqa ommaviy tadbirlar tashkili qilishga ixtisoslashgan yagona korxona tashqil qilish ko‘zda tutilmoqda. Ushbu korxona davlat budjeti asosida yaratilib, xo‘jalik hisobida faoliyat yuritadi. Yangi korxona turli soha muassasalari uchun, ularning arizasi asosida kerakli tadbirlarni tashkillashtirish bilan shug‘ullanadi.

Manbaa aytishiga qaraganda, bugungi kunda turli davlat muassasalari, hokimiyatlar tomonidan yuzlab ommaviy tadbirlar tashkil qilinmoqda. Korxonalar o‘z sohasiga aloqasi bo‘lmagan ish bilan shug‘ullanishi natijasida ommaviy tadbirlar o‘tkazish samarasiz bo‘lmoqda.

“Mamlakatda o‘tkazilotgan xalqaro tadbirlar tashkiliy masalalarini tartibga solish uchun, chet mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda, ushbu masalalar bilan shug‘ullanuvchi yagona tizim tashkil qilishga qaror qilindi. Bu shubhasiz tashkil qilinayotgan tadbirlar va ularning qamrovini kengaytirish imkonini beradi”, — dedi suhbatdosh.

Ushbu tashabbus borasida barcha takliflar yagona hujjatga jamlanib, 2017-yil oxiriga qadar Hukumat yagona qarorida aks ettiriladi.

Yangiliklar lentasi
0