Tojikiston milliy banki terrorchilarning homiylari ro‘yxatini e’lon qildi

© Foto : jarmolukPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ro‘yxatdan 200dan ortiq shaxs hamda faoliyati oliy sud tomonidan terrorchilik yoki ekstremistik deb topilgan 15ta taqiqlangan tashkilot o‘rin oldi

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Tojikiston milliy banki og‘ir jinoyatlar sodir etishda ayblanib qidiruvda bo‘lgan 200dan ortiq shaxs hamda faoliyati oliy sud tomonidan terrorchilik yoki ekstremistik deb topilgan 15ta taqiqlangan tashkilot ro‘yxatini e’lon qildi, deb xabar berdi milliy bank matbuot xizmati.

Bank fuqarolar va tijorat tashkilotlarini ular bilan moliyaviy hamkorlikni to‘xtatishga chaqirdi, deb yozadi RIA Novosti.

Ro‘yxatga Tojikiston islom uyg‘onish partiyasi, "24 guruhi", "Ozod Tojikiston", "Musulmon birodarlar", "Jamoat Ansorrulloh", "O‘zbekiston islom harakati", "Islom davlati", "Al-Qoida" tashkilotlari va giyohvand moddalar, qurol va odam savdosiga aloqador shaxslar kiritildi.

Tojikiston 400 nafar terrorchini qo‘lga olgani haqida ma’lum qildi

"Ushbu ro‘yxatni e’lon qilishdan maqsad daromadlarni qonuniylashtirishga aloqador shaxslar va tashkilotlarning aktivlarini muzlatishdir. Mazkur ro‘yxat noqonuniy yo‘llar bilan topilgan pullarni legallashtirishga qarshi kurashuvchi Financial Action Task Force xalqaro tashkiloti talablari asosida tuzilgan", — deyiladi xabarda.

Xabarga ko‘ra, "Xalqaro moliya institutlari ushbu ro‘yxatda ko‘rsatilgan tashkilotlarning hisoblarini muzlatishi darkor… Bunday ro‘yxatlar turli mamlakatlarda terrorizm va boshqa jinoyatlarning oldini olish maqsadida tuziladi".

"Jinoiy yo‘llar bilan topilgan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash" haqidagi qonun 2015-yilda qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra, bank xodimlari shubhali bank operatsiyalari sodir etilganida mablag‘ aylanishini vaqtincha to‘xtatib turish huquqiga ega.

Yanvar oyida milliy bank bosh prokuraturaga 7 mingta shubhali pul o‘tkazmalari haqidagi ro‘yxatni taqdim etgan va hozirda ular yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0