Axborot: Samarqandda qotillik, oʻgʻrilik va avtomobil olib qochish jinoyatlari oshgan

© Sputnik / StringerMilitsiya xodimlari
Militsiya xodimlari - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Samarqand shahrida jinoyatchilikning qotillik, qasddan badanga ogʻir tan jarohati yetkazish, talonchilik, firibgarlik, oʻgʻirlik va avtotransport vositasini olib qochish bilan bogʻliq turlari oshgan

TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. 11 mart kuni xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi nashri.

Sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, viloyat va shahar Kengashlari deputatlari, viloyat va shahar ijro hokimiyati, prokuratura, ichki ishlar va boshqa nazorat idoralarining rahbarlari, nodavlat-notijorat tashkilotlar vakillari ishtirok etgan.

Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Virtual qabulxonaga IIV tizimi ustidan toʻrt oyda 46 ming shikoyat tushdi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi N.Yoʻldoshev soʻzga chiqib, Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlis Senati zimmasiga ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini olib borish vazifasi qoʻyilganligiga toʻxtaldi.

Taʼkidlanishicha, ushbu vazifani amalga oshirish uchun Oliy Majlis Senati komissiyasi tuzilgan. Samarqand viloyatida shu asosida hududiy komissiya tashkil etildi. Mazkur komissiya 10 kun davomida Samarqand shahar ichki ishlar boshqarmasining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha faoliyatini oʻrganib chiqdi.

Ushbu oʻrganishlar natijasi yuzasidan ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish boʻyicha viloyat komissiyasi raisi Otabek Ahtamov axborot berdi.

Samarqand shahrida jinoyatchilikning qotillik, qasddan badanga ogʻir tan jarohati yetkazish, talonchilik, firibgarlik, oʻgʻirlik va avtotransport vositasini olib qochish bilan bogʻliq turlari oshgan. Mahallalarning 122 tasida jinoyatlar sodir etilgan.

Shuningdek, oʻrganish shaharda muqaddam sudlanganlar tomonidan takroran jinoyatlar sodir etilishi oydan oyga oʻsayotganligini koʻrsatdi. Bundan tashqari, 2 oy davomida sodir qilingan jinoyatlarning 8,2 %i fosh etilmagan.

Sessiyada ichki ishlar idoralari, mahalla va taʼlim muassasalari hamkorligi qoniqarli emasligi, buning natijasida voyaga yetmaganlar orasida chel elga chiqib ketish, jinoyatchilik va turli huquqbuzarliklar uchrayotgani tanqid qilingan.

Qayd etilgan kamchiliklar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglangan.

Yangiliklar lentasi
0