Toshkentda YHQ buzilishini videoqayd qilish tizimi ishga tushdi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishMobilniy kompleks videonablyudeniya
Mobilniy kompleks videonablyudeniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentning 115 chorrahasida o‘rnatilgan kameralar bugungi kunda qizil chiroqqa o‘tish va tezlikni oshirish kabi qoidabuzarliklarni qayd qilish imkoniga ega.

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Bugundan boshlab Toshkent ko‘chalarida yo‘l harakati qoidalarini buzish hollarini videoqayd qilish tizimi to‘laqonli, onlayn-tartibda ishga tushdi, RIA Novosti xabariga asosan.

Mutaxassislar hisobiga ko‘ra, YHQ buzilishini videoqayd qilish tizimi poytaxt yo‘llarida tiqinlar sonini 20-25 %ga kamaytirishi kerak.

Kameralar tomonidan qayd etilgan barcha qoidabuzarliklar, uch kun ichida rasmiylashtirilib, avtoulov egasiga pochta orqali yuboriladi. Agar avtomobil yuridik shaxs nomiga ro‘yxatga qo‘yilgan bo‘lsa, javobgarlik tashkilot rahbari zimmasiga yuklanadi.

Kompleks avtofiksatsii narusheniy PDD - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 15-martdan yo‘l kameralari jarima yozishni boshlaydi

Avtoulov egasiga jarimani to‘lash uchun 2 oy muhlat beriladi. Odatda inspektor tomonidan o‘zib berilgan jarimani to‘lash uchun bir oy muhlat beriladi. Belgilangan muddat ichida jarima to‘lanmagan taqdirda, 61 kundan boshlab avtoulov jarima maydonchasiga yuborilishi mumkin.

Toshkentning 115 chorrahasida o‘rnatilgan kameralar bugungi kunda faqat qizil chiroqqa o‘tish va tezlikni oshirish kabi qoidabuzarliklarni qayd qilish imkoniga ega. Xabarda aytilishiga ko‘ra, avtomatlashtirishning keyingi bosqichlarda kamerralar uyali telefon orqali gaplashish va taqilmagan xavfsizlik kamari kabi qoidabuzarliklarni ham qayd qila boshlaydi.

 

Yangiliklar lentasi
0