Wargaming kompaniyasi O‘zbekistonda kompyuter o‘yinlari ishlab chiqarmoqchi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishCtend igri World of Tanks
Ctend igri World of Tanks - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kompaniya World of Tanks, World of Warplanes, World of Warships kabi 15dan ziyod turli kompyuter o‘yinlarini taqdim etgan

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. 14-mart kuni O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Wargaming (Belarus) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Akbar Butayev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik 19 yoshli bola kompyuter o‘yinida 95 ming $ yutib oldi

Uchrashuvda Wargaming kompaniyasi vakillari kompyuter o‘yinlarini ishlab chiqarish va jahonda ommalashtirish bo‘yicha o‘z tajribalari xususida so‘zlab berdilar. Tomonlar yoshlarda vatanparvarlik g‘oyalarini singdirishga xizmat qiladigan kompyuter o‘yinlarini ishlab chiqarish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Wargaming vakillari shuningdek, Toshkentdagi Inxa universitetida ham bo‘lishdi. Ular bu yerda universitet bilan o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

Wargaming — kompyuter o‘yinlarini yaratish bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri. Kompaniya 18-yillik faoliyati davomida World of Tanks, World of Warplanes, World of Warships kabi 15dan ziyod turli kompyuter o‘yinlarini taqdim etgan.

Yangiliklar lentasi
0