TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. 15 martdan boshlab poytaxtda yoʻl harakati qoidalari buzilishini qayd qilish videotizimi ishga tushirildi. Shu tufayli Toshkent shahar yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi jarimaga tortilayotgan haydovchilarni xabardor qiluvchi maxsus dasturni ishga tushirishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga boshqarmadagi manba.
"Aytish joizki, haydovchi saytga oʻz texpasportidagi talab etilgan maʼlumotlar, haydovchilik guvohnomasi raqami, avtomobil davlat raqami, pasport maʼlumotlari, shuningdek mobil telefoni raqamini kiritadi. Shundan soʻng unga real vaqtda u yoʻl qoʻyayotgan qoidabuzarliklar haqida SMS-xabarlar kela boshlaydi. Bu hozircha koʻrib chiqilayotgan variantlardan biri. Balki maxsus mobil ilova yaratilishi ham mumkin", — deb taʼkidlagan suhbatdosh.