"Kutilmagan mehmon", yoxud Samarqandga tramvay kerakmi?

© Foto stringeraSamarqanddagi tramvay
Samarqanddagi tramvay - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dunyoga dong‘i doston, "Sharq marvaridi" deya e’zozlanmish - qadim Samarqand shahrida kelayotgan haftada tramvay harakatlanishi ishga tushirilishi rejalashtirilgan

TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Ushbu loyiha mualliflari va tashabbuskorlari rejasiga ko‘ra, bu shaharga qo‘shimcha sayyohlar oqimini jalb etishga imkon beradi, elektr quvvati evaziga shahardagi ekologik muhitni yaxshilashga xizmat qiladi, bir so‘z bilan aytganda, tramvay — samarqandliklar va mehmonlarga shahar bo‘ylab harakatlanishni yanada qulaylashtiradi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Ammo bu hozircha quruq gap, xolos. Haqiqat esa ayni vaqtda sal boshqacharoq ko‘rinish kasb etib turibdi. Samarqandliklarning o‘zlari ro‘y berayotgan o‘zgarishlar haqida qanday fikrda? Nashr muxbirlari ana shu masalaga oydinlik kiritishga harakat qildilar.

© Foto stringeraTramvai v Samarkande
Tramvai v Samarkande  - Sputnik O‘zbekiston
Tramvai v Samarkande

Shahar aholisi bilan savol-javob qilar ekanmiz, ularning aksariyatining yuzlarida "Shu tramvay yetmay turuvdi o‘zi" degan ifoda aks etib turar edi, deydi muxbir.

Bu ishdan ko‘pam daromad kutmaslik kerakligi shundoqqina ayon. Sababi, birinchidan, tramvaylar shahar bo‘ylab qatnovi yo‘lga qo‘yilgan Isuzu avtobuslaridan ko‘ra, harakatlanish marshrutida chegaralangan, qolaversa ularning harakat tezligi ham avtobus transportiga nisbatan ancha past.

Tramvay bilan birga kelgan yana bir muammo bu — tirbandliklar masalasi. Misol uchun, Rudakiy ko‘chasini oladigan bo‘lsak, u tramvayni ishga tushirish rejasiga qadar ham yo‘l trafigidan "aziyat chekar" edi, mana endi uning kattagina qismi tramvay uchun ajratilgach, avtomobillar oqimidan "zo‘rg‘a nafas oladigan" darajaga yetdi.

Samarqand ko‘chalarida avtomobillar soni yiliga faqatgina oshayotganini inobatga olsak, oradan ikki-uch yil o‘tgach, ahvol ne kecharkin?

Ko‘rinib turibdiki, ayni vaqtda bu masala shahar ma’muriyatini unchalik bezovta qilmayotgan ko‘rinadi.

Eski shahar, aynan Siyob bozori atrofida vaziyat yanada murakkabroq. Bu yerdagi tor ko‘chalar avtotransportlarning ulkan oqimiga moslashtirilmagani aniq, tramvay paydo bo‘lgach esa faqatgina ikki polosa avtotransport uchun ajratiladi, xolos.

Bu voqeani shahardagi taksi haydovchilaridan biri quyidagicha ifodaladi:

"Tramvaylar avvaliga Toshkentda harakatlandi va keyin kerak bo‘lmay qoldi. Ularni arzon-garovga sotishni xohlashmadi, shuning uchun kimdir "kelinglar tramvayni Samarqandga yuboramiz, o‘shayoqda harakatlansin", degan taklifni bildirdi. Qiziq qaror, poytaxtda tirbandliklar tufayli tramvaylar faoliyatiga nuqta qo‘yildi, Samarqandda esa xuddi shu muammo yanada chuqurlashdi. Oradan 5-10 yil o‘tib "o‘yindan to‘ygach", tramvaylarni Buxoromi, Xivami yoki yana bir joyga yuborarmiz", — deb ta’kidladi suhbatdosh.

Ayrimlar esa, elektr quvvatidagi muntazam uzilishlar tufayli tramvay kuniga to‘rt soat harakatlanadi, deya hazilnamo fikr bildirishmoqda.

Toshkent tramvayi - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda birinchi tramvay Navro‘z kuni yura boshlaydi
"Tramvay harakatini yo‘lga qo‘yish uchun katta mablag‘ni sarf qilish kerakmidi? Undan ko‘ra avtobuslarni xarid qilgan yaxshimasmidi — ham arzon, ham samarali. Yo‘llarni buzish, tramvay liniyalarini qurishga hojat qolmasdi. Endi esa bu xo‘jalikka xizmat ko‘rsatish uchun yana qancha mablag‘ kerak bo‘ladi? Bu transport o‘zini oqlamasligi ham aniq", — deydi Sarvar ismli suhbatdosh.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Samarqanddagi birinchi tramvay tarmog‘i ikki bosqichda quriladi va 21-mart kuni ilk tramvay yo‘lga chiqadi, deb xabar bergan edik.

Shaharni rivojlantirish bosh rejasiga ko‘ra, umumiy uzunligi 34,8 kilometrli to‘rtta tramvay tarmog‘i qurilishi rejalashtirilgan. "O‘zbekiston temir yo‘llari" kompaniyasining ma’lumot berishicha, birinchi bosqichda uzunligi 11,4 kilometrli tramvay yo‘li yotqiziladi. Yo‘l ikkita uchastkada — temir yo‘l vokzalidan Sattepo massivgacha 6,4 kilometr va temir yo‘l vokzalidan Siyob bozorigacha 5 kilometr uzunlikda quriladi.

© Foto stringeraTramvai v Samarkande
Tramvai v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Tramvai v Samarkande

"Qurilishning ikkinchi bosqichida 23,4 kilometr uzunlikdagi tramvay yo‘li yotqiziladi. Uzunligi 12,4 kilometrli yo‘l temir yo‘l vokzalidan Spitamen ko‘chasi orqali Superfosfat zavodiga qadar bo‘ladi. Ikkinchi yo‘nalish esa temir yo‘l vokzalidan Narpay ko‘chasi orqali Superfosfat ko‘chasiga olib boradi. Bu yo‘lning uzunligi 11 kilometrni tashkil etadi", — deb xabar bergan edi kompaniya matbuo-xizmati.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Toshkent shahar hokimiyati tirbandliklar sababli barcha tramvay yo‘nalishlarini yopish va tramaylarni Samarqand shahriga taqdim etish haqida qaror qabul qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0