Mirziyoyev 20 martni dam olish kuni deb eʼlon qildi

© Press-slujba prezidenta RUzOʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 mart kuni dam olish kunini 18 martdan 20 martga koʻchirish toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi

TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda 20 mart, dushanba dam olish kuni deb eʼlon qilindi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev bu yil Navroʻz qanday nishonlanishini aytdi
Muxbirning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 mart kuni dam olish kunini 18 martdan 20 martga koʻchirish toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi.

Hujjatga muvofiq, Navroʻz umumxalq bayramining mamlakat maʼnaviy hayotidagi ulkan roli va ahamiyati hisobga olgan holda hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida: 18 mart, shanba dam olish kuni dushanba, 20 mart kuniga koʻchirilib, 18 mart ish kuni, dushanba, 20 mart dam olish kuni deb eʼlon qilindi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala