Peterburgda politsiyachi o‘zbekistonlik pasportiga haqoratli so‘zlar yozdi

© Foto: V.N. Gorelix, predostavleno press-slujboy GUMVD po Sverdlovskoy oblastiSotrudnik rossiyskoy politsii
Sotrudnik rossiyskoy politsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Jamiyat chidamli bo‘lsa - yovuzlik gullab-yashnaydi. Yovuzlikka chidab o‘tirish kerak emas", - deb hisoblaydi deputat Galisin.

TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Sankt-Peterburgda qonuniy yashayotgan O‘zbekiston fuqarosi Pushkin tumani IIBga pasporti yaroqsiz holga keltirilgani yuzasidan murojaat qildi.

14 mart kuni kech soat oltilar atrofida Shushari shaharchasidagi Novgorodskiy ko‘chasida politsiya ranglariga bo‘yalgan avtomobildagi kishilar bir necha O‘zbekiston fuqarolarini to‘xtatishadi. Ular huquqni saqlash organlari xodimlari ekanligini aytib, hujjatini ko‘rsatishni so‘raydi. Pasport va boshqa hujjatlar to‘g‘ri ekaniga amin bo‘lgan "politsiyachilar" migrantlarning mast emasligiga ishonch hosil qilish uchun ulardan bir necha mashqlar bajarishni talab qiladi.

Pasportlar - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada qalbaki pasport va patent yasagan o‘rta osiyoliklar qo‘lga olindi

Bu ham yetmaganidek, tekshiruv oxirida ular migrantlardan pul talab qiladi. Rad javobi olgach, "huquq himoyachilari" fuqarolardan birining pasportiga ruchka bilan haqoratli so‘zlar yozib qaytarib beradi.

Hujjat egasi bunday pasport bilan vataniga qayta olmasligini, undan tashqari yaroqsiz holga kelgan pasport bilan chegaradan o‘tish ham muammo bo‘lishi mumkinligini aytib IIBga murojaat qilgan.

Ushbu masalani hal qilishda o‘zbekistonlik migrantga Moskva viloyati deputati Artemiy Galisin yordam berishga qaror qildi. U migrantni ushbu ish yuzasida Punkin tumani IIBga ariza yozishga ko‘ndirdi. Ha-ha ko‘ndirgan, chunki ko‘p fuqarolar "formadagi" kishilarga qarshi ariza yozmaslikni ma’qul ko‘radi.

"Politsiya rahbariyati ushbu xunuk voqeaga juda to‘g‘ri munosabatda bo‘ldi. Bizni bo‘lim boshlig‘i shaxsan qabul qilib, jabrlangan fuqaroning ko‘rsatmalarini eshitdi. Hamma narsa diqqat bilan yozib olindi. Aybdorlar topilishiga shubha yo‘q. Ayni damda, bu ishni kim qilgan bo‘lishi mumkinligini ham bilamiz", — dedi Galisin Facebookda.

"Jamiyat chidamli bo‘lsa — Yovuzlik gullab-yashnaydi. Yovuzlikka chidab o‘trish kerak emas", — deb hisoblaydi deputat.

Deputatning fikriga ko‘ra, bugungi kunda IIV bunday holatlarga katta e’tibor bermoqda.

Yangiliklar lentasi
0