Jamiyat

Militsiya xodimining oʻlimiga sabab boʻlgan oʻsmirlar javobgarlikdan ozod etildi

Oʻtgan yili Yunus Obodda voyaga yetmagan ikki oʻsmir sodir etgan YTH oqibatida militsiya xodimi qurbon boʻlgan edi. Toshkent shahar IIBi ushbu ish yuzasida izoh berdi.

TOSHKENT, 18 mar – Sputnik.  Oʻtgan yilning mayida Toshkentda sodir boʻlgan mudhish hodisa koʻpchillikning esida boʻlsa kerak. Oʻshanda Yunus-Obodda ikki nafar maktab bitiruvchisi otasining mashinasini yuvib berish bahonasida olib, bildirmay koʻchaga haydab ketishadi. Ular Amir Temur shoh koʻchasi boʻylab katta tezlikda harakatlanib boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida qoʻriqlash xizmati xodimi Abduvaliyev Yermuhammadning oʻlimiga sababchi boʻlishgan edi.

Toshkent IIBi ushbu ish yuzasida izoh berishdi deb yozmoqda “Darakchi” nashri.

“Bolalar jinoiy javobgarlikka tortilish yoshiga yetmaganligi sababli jinoyat ishi yopildi. Aybdorlar Voyaga yetmaganlarni ijtimoiy himoya qilish va reabalitatsiya markaziga joylashtirildi”, — deyilgan xabarda.

Mashinasini olib chiqib ketilganligini nazorat qilmagan otaga nisbatan maʼmuriy chora koʻrilgan.

Maʼlum boʻlishicha mashina boshqaruvida avtomobil egasining oʻgʻli emas, oʻgʻlining doʻsti boʻlgan. Oqibatda YTH birovning mashinasida sodir etilganligi aniqlangan.

Ayni damda ikkala yigit ham kollejda tahsil olmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala