Jamiyat

Pensiya va nafaqalar faqat Xalq banki orqali toʻlanadi

Prezident qaroriga asosan, 2017 yilning iyul oyidan boshlab pensiya va nafaqalar Xalq banki orqali har oyning 27 sanasida toʻlanadi. Toʻlov boshlangani haqida fuqarolar sms orqali ogohlantiriladi.

TOSHKENT, 17 mar — Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining 2017 yil 13 martidagi № PP-2826 sonli “Pensiya va nafaqa toʻlash mexanizmini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, Xalq banki – respublika boʻyicha pensiya va nafaqala toʻlash huquqiga ega boʻlgan yagona  bank boʻldi.

2017 yilning iyul oyiga qadar Oʻzbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya fondi hisobidan naqd pulda toʻlanadigan pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy toʻlovlar “Oʻzbekiston pochtasi” AJdan Xalq banki boʻlimlari ixtiyoriga oʻtkaziladi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Markaziy bankining matbuot xizmati.

Jamiyat
Fevralda pensiya va nafaqalar toʻliq naqd pulda berildi

Mahalliy boshqaruv organlari uchun aholi aholi uchun qulay boʻlgan maʼmuriy binolardan Xalq bankining maxsus kassalari faoliyati uchun bepul ravishda alohida xona ajratib berishlari kerak.

Harakatlanish imkoniyati cheklangan fuqarolarga Xalq banki pensiya va nafaqa toʻlovlarini ularning turar joyiga olib borib berishi kerak.

Pensiya va nafaqalar har oyning 27 sanasida toʻlanadi. Fuqarolarga toʻlovlar boshlangani haqida sms orqali xabar beriladi.

Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun Xalq banki kassir va nazoratchilar va kerak boʻladigan texnik vositalar sonini oshiradi. Naqd pullarni kassalargacha yetkizib berish uchun 590 ta maxsus inkassator “Damas”lari sotib olinadi. Markaziy bank yordamida Xalq bankida oʻz inkassatsiya xizmati tashkil qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala