Jamiyat

«Stop Xaram» - Moskvada birinchi musulmon patruli paydo boʻldi

© Sputnik / Gleb Kiselev / Fotobankka oʻtishMoskovskaya sobornaya mechet otkrыlas posle rekonstruktsii
Moskovskaya sobornaya mechet otkrыlas posle rekonstruktsii - Sputnik Oʻzbekiston
Faollar guruhi nafaqat musulmon diniga mansub boʻlgan fuqarolarga, balkim boshqalarni ham qonunda taʼqiqlangan ishlarni jamoat joylarda bajarmaslikka chaqirmoqda.

TOSHKENT, 18 mar  Sputnik. Mart oyining boshida Moskvada birinchi musulmon patruli paydo boʻldi, deb xabar bermoqda "Moskva 24" telekanali.

Yosh yigitlar shaharni aylanib yurib avvalombor koʻrinishidan musulmon diniga mansub boʻlgan kishilarni maʼmuriy qonunbuzarlik qilmaslikka chaqiradi. Masalan, jamoat joylarida chekish, spirtli  ichimliklar ichish yoki shariat qonunlari tomonidan taʼqiqlangan boshqa ishlarni amalga oshirish.

Telekanal xabariga koʻra, ushbu faollar guruhi nafaqat musulmon diniga mansub boʻlgan fuqarolarga, balkim boshqalarni ham qonunda taʼqiqlangan ishlarni jamoat joylarda bajarmaslikka chaqirmoqda.

“Agar ular fuqarolarga maʼmuriy qonunbuzarlik haqida eslatayotgan boʻlsa – bu qonunga zid emas. Fuqarolar ularning aytganini bajarishi ham shart emas. Lekin ular odamlarni diniy, milliy yoki boshqa belgisiga koʻra guruhlarga ajratib ulardan shariat qonunlarini bajarishni talab qilayotgan boʻlsa – bu albatta qonunga xilof”, — deb izoh berdi ushbu voqeaga huquqshunos.

Rossiya diniy uamolari vakili aytishiga qaraganda, bunday tadbir oʻtkazish Rossiya rasmiy diniy tashkilotlari yoki jamoatchiligi tomonidan muhokama qilinmagan. Bu tadbir uni oʻtkazayotgan kishilarning shaxsiy tashabbusi. 

Jamoat faollari guruhini, mashhur boʻlgan "StopXam" jamoatchilik tashkiloti aʼzolaridan biri Islom Ismoilov tashkil qilgan.

© Stranitsa Islama Ismailova v VKontakteIslam Ismailov - "Stop Xaram" dasturi boshlovchisi
Islam Ismailov, veduщiy programmы Stop Xaram - Sputnik Oʻzbekiston
Islam Ismailov - "Stop Xaram" dasturi boshlovchisi

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala