Lola Karimova-Tillyayeva Navro‘z tabrigini izhor qildi

© IstagramLola Karimova
Lola Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Bahor go‘zalligidan bahra olib, qalblaringiz mehr-muxabbatga va nurga to‘lsin! Navro‘z muborak!", deb yozadi u

TOShKENT, 20 mar — Sputnik. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning qizi, O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillyayeva ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasi orqali Navro‘z bayrami bilan tabrikladi.

"Buyuk ipak yo‘li bo‘yida istiqomat qiluvchi millionlab odamlar, turli millat va elat vakillari har yili bahorda 3 ming yillik tarixga ega Navro‘z bayramini nishonlaydilar. Ushbu bayram YuNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Navro‘zi olam — sharqona yangi yilning boshlanishi va tabiat uyg‘onishining ramzi bo‘lib, turli millatlar, madaniyatlar va dinlarga mansub insonlar orasida mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik va bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Sahifamning aziz mushtariylari, men sizlarni yangilanish va yasharish bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Bahor go‘zalligidan bahra olib, qalblaringiz mehr-muxabbatga va nurga to‘lsin! Navro‘z muborak!", deb yozadi u.

Yangiliklar lentasi
0