Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni Navro‘z bilan qutladi

© SputnikEmomali Raxmon i Shavkat Mirziyeyev
Emomali Raxmon i Shavkat Mirziyeyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon va uning oilasiga farovonlik va baxt, sog‘lik-salomatlik, yangidan-yangi muvaffaqiyatlar, tojik xalqiga esa tinchlik, gullab-yashnash va yanada rivojlanishni tilagan

TOShKENT, 20 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonni Navro‘z bayrami bilan qutlab, tabrik telegrammasi jo‘natdi. Bu haqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Uzbekistan vstrechayet Navruz - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Navro‘z tadbirlari o‘tkaziladigan joylar nomi e’lon qilindi

Tabrik telegrammasida jumladan shunday deyiladi: "O‘zining qadimiyligi va ajoyib go‘zalligi bilan ajralib turuvchi Navro‘z asrlar osha O‘zbekiston va Tojikiston xalqlari mentalitetining, an’ana va ezgu intilishlarining o‘ziga xosligi va yaqinligini gavdalantirib kelmoqda…

Bu bayram, shuningdek, O‘zbekiston-Tojikiston hamkorligini bir-birini qo‘llab-quvvatlash va o‘zaro manfaatlar hisobga olingan qat’iy tamoyillar asosida har tomonlama kuchaytirishga sodiqligimizning ramzi hamdir. O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi qo‘shnichilik va uzoq muddatli har tomonlama hamkorlik bundan buyon ham mustahkamlanib borishiga ishonaman".

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon va uning oilasiga farovonlik va baxt, sog‘lik-salomatlik, yangidan-yangi muvaffaqiyatlar, tojik xalqiga esa tinchlik, gullab-yashnash va yanada rivojlanishni tilagan.

Yangiliklar lentasi
0