Chiyabo‘rilar Farg‘onadagi xonadonlarga hujum qilmoqda

© pixabayChiyabo‘ri
Chiyabo‘ri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Farg‘onaning Quvasoy shahrida chiyabo‘rilar bir xonadondagi 18 bosh qo‘yni bo‘g‘izlab ketdi

TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Farg‘onaning Quvasoy shahrida shaharga kiraverishdagi mahallalarning birida chiyabo‘ri 18 bosh qo‘yni bo‘g‘izlab ketdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga voqea guvohlarining biri.

Shoqollar qabrlarni yorib ketmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Shov-shuv: shoqollar O‘shda qabrlarni yorib, qoldiqlarni yeb ketmoqda
Suhbatdoshning so‘zlariga qaraganda, chiyabo‘rilar hujumni tunda amalga oshirgani bois, uy egalari ro‘y berayotgan hodisadan bexabar qolishgan.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, ertasi kuni jabrdiydaga qo‘shni bo‘lgan yana bir xonadonga hujum uyushtirilgan va bu safar 4ta qo‘y chiyabo‘rilar o‘ljasiga aylangan.

"Yaqin orada bu kabi hodisalarga guvoh bo‘lmagan edik. Chiyabo‘rilar bizning mahallamizga yaqin yo‘lamas edi. Hozirgi holat barchani hayratga va havotirga solmoqda", — deb aytdi mahalla yashovchilaridan biri.

Yangiliklar lentasi
0