Alisher Usmonov Forbesning eng boy rossiyaliklar ro‘yxatida beshinchi bo‘ldi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishBiznesmen Alisher Usmanov
Biznesmen Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahonnning eng boy kishilari orasida Alisher Usmonov 66-o‘rinni egalladi

TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Forbes reytingida eng boy rossiyaliklar orasida kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Alisher Usmonov beshinchi o‘rinni egalladi.

Alisher Usmonov - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov: O‘zbekistonga investor sifatida taklif qilishsa - albatta boraman

Reytingni "Novatek" va "Sibur" hammuassisisi, 18,4 mlrd dollar boylikka ega Leonid Mixelson boshqarmoqda. Umumjahon reytingida u 46-o‘rindan joy oldi.

Alisher Usmonovning boyligi esa 15,2 mlrd dollar deb baholanmoqda. Usmonov jahon boylari orasida 66-o‘rinni egalladi.

Ro‘yxatdan Mixelson va Usmonov bilan birga Aleksey Mordashov (17,5 mlrd), Vladimir Lisin (16,1 mlrd), Gennadiy Timchenko (16), Vagit Alekperov (14,5), Mixail Fridman (14,4), Vladimir Potanin (14,3), Andrey Melnichenko (13,2), Viktor Vekselberg (12,4) joy olishdi.

Yangiliklar lentasi
0