Jamiyat

Toshkentda 6 kun ichida 32ta jinoyat fosh qilindi

Fosh etilgan jinoyatlardan 1 ta – qotillik, 2 ta – ogʻir tan jarohati yetkazish, 1 ta – talonchilik, 16 ta – oʻgʻirlik, 9 ta – firibgarlik, 1 ta – transport vositasini olib qochish, 2 ta – hujjatlarni qalbakillashtirish jinoyatlari

TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. 2017 yilning 10 martdan 16 mart kuniga qadar Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi sohaviy xizmatlari tomonidan jinoyatchilikka murosasiz kurashish borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar natijasida fosh etilmagan 32 ta jinoyat fosh etildi deb xabar qildi "Darakchi" nashri.

Militsiya xodimlari - Sputnik Oʻzbekiston
Axborot: Samarqandda qotillik, oʻgʻrilik va avtomobil olib qochish jinoyatlari oshgan
Nashrning yozishicha, bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi tomonidan OAV vakillari uchun brifingda maʼlumot berildi.

Fosh etilgan jinoyatlardan 1 ta – qotillik, 2 ta – ogʻir tan jarohati yetkazish, 1 ta – talonchilik, 16 ta – oʻgʻirlik, 9 ta – firibgarlik, 1 ta – transport vositasini olib qochish, 2 ta – hujjatlarni qalbakillashtirish.

Shuningdek, qidiruvda boʻlgan jami 41 nafar jinoyatchi ushlangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala