Jamiyat

Toshkentlik firibgar ayol 20 ming $ bilan qoʻlga tushdi

Huquqni saqlash organlari Toshkent yuridik universitetiga kiritib qoʻyish uchun 20 ming pora olayotgan firibgar ayolni qoʻlga oldi.

TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. Soliq, valyuta va jinoiy yoʻl bilan topilgan daromadlarni qonuniylashtirish departamenti, Toshkentlik firibgar ayolga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatdi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

MXX operativ xodimlari oldin bir necha bor sudlangan, 52 yoshli Goʻzalxon Sodiqovani, 20 ming dollar olish vaqti Toshkent qahvaxonalaridan birida hibsga olishdi.

Ushbu pul Toshkent davlat yuridik universitetiga kiritib qoʻyish uchun talab qilingan. Hibsga olingan ayol aytishiga qaraganda pulning bir qismi Oʻzbekiston Oliy va Oʻrta taʼlim vazirligi rahbariyatiga “uzatilishi” kerak boʻlgan.

“Sodiqova “mijozlar” boshini oʻziga xos uslubda aylantirgan. Buning uchun u eng qimmat butiklarda kiyingan va qaddi-qomatini yaxshi saqlab yurishga harakat qilgan. Shuning uchun ham u tezda fuqarolar ishonchiga kirib olish imkoniga ega boʻlgan”, — dedi huquqni saqlash organlari vakili.

Hozir Bosh prokuratura ushbu ish yuzasidan tergov ishlari olib bormoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala