Shahram G‘iyosov haftaning eng yaxshi bokschisi nomiga yaqqol da’vogarlik qilmoqda

© REUTERS/Peter CziborraSerebraniy prizer Olimpiadi bokser Shaxram Giyasov
Serebraniy prizer Olimpiadi bokser Shaxram Giyasov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik bokschi 87% ovoz to‘plagan, kolumbiyalik Xuan Karlos Korrilo 7, qozog‘istonlik Zokir Safiullin esa 6% ovoz to‘plashgan

TOShKENT, 22 mar — Sputnik. O‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov World Series Boxing musobaqasining Twitterdagi akkauntida o‘tkazilayotgan haftaning eng yaxshi bokschisini aniqlash bo‘yicha ovoz berish jarayonida yetakchilik qilmoqda.

O‘zbekistonlik bokschi 87% ovoz to‘plagan, kolumbiyalik Xuan Karlos Korrilo 7, qozog‘istonlik Zokir Safiullin esa 6% ovoz to‘plashgan.

​Olimpiada-2016ning kumush medali sohibi Shahram G‘iyosov 18-mart kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan The World Series Boxing butunjahon boks seriyasining VII mavsumida Uzbek Tigers jamoasi tarkibida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

G‘iyosov Xitoyning China Dragons jamoasi a’zosi Vey Liuni 3:0 hisobida yengdi.

Yarim professional boks ligasi (The World Series Boxing yoki WSB) — xalqaro havaskor boks assotsiatsiyasi nazorati ostidagi assotsiatsiya hisoblanadi. U havaskor boksdan himoya vositalarisiz jang o‘tkazishi bilan ajralib turadi. Shuningdek, uning qatnashchilari professional boksda ham ishtirok etib pul ishlashlari mumkin. Lekin ular havaskor maqomida bo‘lganliklari uchun Olimpiada o‘yinlarida qatnashish huquqiga ega bo‘ladilar.

Yangiliklar lentasi
0