Ukrainada harbiy sklad yonyapti, o‘q-dorilar portlayapti

© GSChS UkrainiXarkov viloyatidagi yong‘in
Xarkov viloyatidagi yong‘in - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xarkov viloyatida o‘q, granata, snarad, minalar zapasi saqlanadigan omborxona yonyapti, deb xabar qildi Ukraina Mudofaa vazirligi

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Ukraina Mudofaa vazirligi Xarkov viloyatida o‘q-dorilar saqlanadigan omborxona yonayotgani haqida xabar qildi.

AQSh va Ukraina bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston
Ukraina AQShdan himoya so‘radi
"Bugun, 23-mart kuni, soat 2.45da (Toshkent vaqti bilan 5.45da) Xarkov viloyati, Balakleya shahrida joylashgan qurol-aslahalar saqlanadigan omborxonaning ayrim maydonchalarida yong‘in boshlandi. Yong‘inni joyida o‘chirish va bartaraf etish uchun barcha choralar ko‘rilmoqda", — deyilgan vazirlik xabarida.

Balakleyada Ukrainadagi eng yirik harbiy omborxonalardan biri joylashgan. Bu yerda 138 ming tonna snaraddlar saqlanadi.

Yong‘in tufayli o‘q-dorilar juda tez portlamoqda, yetti kilometr masofa "xavfsiz hudud" tashkil qilingan, deb bayonot qilmoqda mamlakat Bosh prokurori Anatoliy Matios. Hodisa qo‘poruvchilik tufayli yuzaga kelgan, deb ta’kidlamoqda prokuror.

Matios bu haqda o‘zining Feysbukdagi sahifasida yozgan, deb xabar qildi RIA Novosti.

Xabarga ko‘ra, yong‘inga qarshi kurash uchun "Ukraina temir yo‘llari" yong‘inni o‘chirish poyezdlari safarbar etilgan.

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar qayd etilmagan.

Favqulodda hodisa ro‘y bergan hududdan 20 mingga yaqin inson evakuatsiya qilingan.

Yong‘in maydoni dron yordamida aniqlanishi aytilmoqda.

Hodisa ro‘y bergan joyga Ukraina Mudofaa vaziri o‘rinbosari Igor Pavlovskiy boshchiligidagi komissiya yo‘l olgan.

Mamlakat Bosh vaziri Vladimir Groysman ham Xarkov viloyatiga uchgan.

Mamlakat Mudofaa vazirligi vakillari Balakleyadagi skladni 2015-yilda ham yoqib yuborishga urinish bo‘lgani haqida aytishmoqda. Ammo o‘shanda snaradlar portlashining oldini olishga muvaffaq bo‘lingan ekan.

Yong‘in tafsilotlari haqida sal keyin xabar qilamiz. Kuzatib boring.

Yangiliklar lentasi
0