Jamiyat

Ostona va Toshkent hamkorlikni chuqurlashtirish toʻgʻrisida deklaratsiya imzolaydi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishDvorets Prezidenta "Ak orda" v Astane
Dvorets Prezidenta Ak orda v Astane - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bugun Nazarboyev va Mirziyoyev uchrashuvi boʻlib oʻtadi hamda qozoq-oʻzbek biznes forumi oʻtkaziladi

TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev va Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikki mamlakat oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish haqida deklaratsiya imzolashadi, deb xabar bermoqda Sputnik Qozogʻiston mamlakat tashqi ishlar vaziri Kayrat Abdraxmanovga asoslanib.

Mirziyoyev 22 mart kuni ilk davlat tashrifi bilan Ostona shahriga tashrif buyurdi. Bugun Nazarboyev va Mirziyoyev uchrashuvi boʻlib oʻtadi hamda qozoq-oʻzbek biznes forumi oʻtkaziladi.

V Astanu s gosudarstvennыm vizitom pribыl Prezident Respubliki Uzbekistan SH.Mirziyeyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev Ostonada tantanali ravishda kutib olindi

"Bu Oʻzbekiston prezidentining mazkur lavozimga saylanganidan soʻng amalga oshirayotgan ilk davlat tashrifidir. Qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasida strategik hamkorlik va qoʻshnichilikni yanada chuqurlashtirish toʻgʻrisida qoʻshma deklaratsiya imzolanadi", — dedi Abdraxmanov.

"Iqtisodiy hamkorlik borasida iqtisodiy hamkorlik strategiyasi haqidagi hujjat ulkan ahamiyat kasb etadi. Mazkur hukumatlararo hujjat 2017-2019 yillarga moʻljallangan", — dedi u.

Vazirning aytishicha, ikki mamlakat ishbilarmon davralari uchun ikki tomonlama soliq solishdan voz kechish haqidagi kelishuvga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish muhim oʻrin tutadi.

Ikki mamlakat mudofaa vazirlari harbiy hamkorlik haqidagi hujjatni imzolashadi hamda harbiy-texnik hamkorlik haqidagi hujjat eʼlon qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0