"Babayan out" yoxud fanatlarning sabr kosasi to‘ldi

© Facebook / Sarvar OchilovAksiya protiv proigrisha natsionalnoy sbornoy po futbolu
Aksiya protiv proigrisha natsionalnoy sbornoy po futbolu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fotosurat futbol ishqibozlarining sabr kosasi so‘nggi tomchi - kechagi mag‘lubiyatdan so‘ng toshganligini ko‘rsatmoqda

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Kecha Malayziyaning Malakka shahridagi o‘yingohda O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2018 saralash uchrashuvi doirasida Suriyaga 1:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Aynan mana shu mag‘lubiyat shundoq ham yuragini hovuchlab yurgan muxlislarning sabr kosasini to‘ldirgan ko‘rinadi. Sababi o‘yin yakunlanganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlar ushbu o‘yin va milliy terma jamoa o‘yinchilari harakatlariga nisbatan fikrlarga to‘lib toshdi.

Karton figurkasi - Sputnik O‘zbekiston
Bu futbolmi yo... Millionlar o‘yini ishqibozlari portalga shikoyat yozmoqchi

Bundan tashqari, muxlisu mutaxassislar, jurnalistlar terma jamoaning o‘yini borasida o‘zlarining tahliliy maqolalarini chop etmoqdalar.

Jumladan, jurnalist A.Akbarov "Kecha nima bo‘ldi o‘zi?.. Mag‘lubiyatga uchradik. Tamom, vassalom! Aslidachi? Aslida noto‘g‘ri ko‘chadan ketayotganimiz ma’lum bo‘ldi. Bu murabbiy va bu tarkib bilan uzoqqa bora olmaymiz, shekilli", deb yozadi.

Xayrulla Hamidov esa "Men aytmoqchi bo‘lgan gap shuki, futbolimiz yana o‘zgarish ostonasida turibdi. Vaqt e’tibori bilan ham bu muddat kelib bo‘ldi, muxlislarning futboldan bezib borayotgani e’tibori bilan ham. Bilmadim, bu galgi o‘zgarish qanday bo‘ladi, ammo u qanday bo‘lishidan qat’i nazar bir muddatga bo‘lsin ashaddiy futbol ishqibozlarini yana stadionlarga jamlay oladi, deb o‘ylayman. Muhimi, bu o‘zgarishdan kelib chiqadigan natijalar davomiy bo‘lsin", deya fikr bildiradi.

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fotosurat esa futbol ishqibozlarining sabr kosasi so‘nggi tomchi — kechagi mag‘lubiyatdan so‘ng toshganligini ko‘rsatmoqda.

© Facebook / Sarvar OchilovFutbol ishqibozlari O‘zbekiston termasining mag‘lubiyatidan norozi
Aksiya protiv proigrisha natsionalnoy sbornoy po futbolu  - Sputnik O‘zbekiston
Futbol ishqibozlari O‘zbekiston termasining mag‘lubiyatidan norozi

Biz futbol ishqibozlariga sabr tilaymiz hamda asablarini asrashlarini, hissiyotga berilmasliklarini so‘raymiz.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi esa keyingi o‘yinlarda g‘alaba qozonib millionlab o‘zbek muxlislarining ko‘p yillik orzularini amalga oshirishiga umid qilamiz.

Yangiliklar lentasi
0