Madaniyat

Sherali Joʻrayev katta kontsertga tayyorgarlik koʻryapti

Oʻzbekiston xalq artisti, Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, mashhur hofiz Sherali Joʻrayev kontsert dasturi taqdim etish uchun qizgʻin tayyorgarlik koʻrmoqda

TOSHKENT, 24 mar — Sputnik. Oʻzbekiston xalq artisti, Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Sherali Joʻrayev kontsert dasturi taqdim etish uchun qizgʻin tayyorgarlik koʻrmoqda, deb xabar qildi oʻzining Feysbukdagi sahifasida shoir Muhammad Ismoil.

"Buyuk hofiz "Birinchi muhabbatim", "Turnalar", "Yigitlar", "Hurlar bormish jahonda", "Kelsa gar Navroʻzi olam", "Oshiqlaring sardori menman" singari yuraklarimizga bir umr muhrlanib qolgan shohona taronalardan ham jozibaliroq, yoqimliroq, sevimliroq qoʻshiqlarni bizga armugʻon etishiga ishonamiz. Koʻngillar yaxshi qoʻshiqqa muhtoj boʻldi. Ancha yillardan buyon koʻngillar yaxshi qoʻshiqni sogʻindi. Dilni oʻrtaydigan, dilga olam olam huzur bagʻishlaydigan, yuraklarni junbushga keltiruvchi qoʻshiqlarni sogʻindi odam. Sherali aka! Biz sizga ishonamiz, biz sizdan yaxshi yaxshi qoʻshiqlar kutib qolamiz!", — deb yozgan Muhammad Ismoil oʻz xabarida.

Sherali Joʻrayev kontsertiga tayyorgarlik avjidaligi ayon. Ammo kontsert sanasi maʼlum qilinmayapti.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala