Dunyoda

Emomali Rahmonning qizi dunyoning eng omadli ayollari roʻyxatiga kiritildi

Har yili eʼlon qilib boriladigan "100 ayol" loyihasi doirasida VVS telekompaniyasi oʻz mamlakati hayotida faol ishtirok etadigan 7 davlat prezidentlari qizlarini ham koʻrsatib oʻtdi

TOSHKENT, 25 mar — Sputnik. Tojikiston prezidentining qizi Ozoda Rahmon dunyoning eng omadli 100 ayoli roʻyxatiga kiritildi, deb xabar berdi Sputnik Tojikiston.

Ozoda Rahmon - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Emomali Rahmon oʻz qizini prezident apparati rahbari etib tayinladi
Nashr xabariga koʻra, VVS telekompaniyasi dunyodagi turli mamlakatlar rahbarlari qizlari orasida eng obroʻlilarini ommaga tanishtirishni maqsad qilgan. Telekompaniya tuzgan roʻyxatdan Rossiya, AQSH, Tojikiston, Pokiston, Turkiya, Angola va Kubaning eng mashhur ayollari joy egallagan.

Xabarda aytilishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp oʻz qizi Ivanka uchun Oq Uydan kabinet ajratishi bu gʻoyaga turtki boʻlgan. Ivanka endilikda Trampning "koʻzi va quloqlari" boʻlishi aytilmoqda. Ivanka Tramp Oq Uyda rasman hech qanday amal egallamasada, AQSH prezidentiga turli maslahatlar beradi, deb yozgan nashr.

Senator va maʼmuriyat rahbari

"Ozoda Rahmon — Emomali Rahmon oilasining rahbarlik lavozimini egallab turgan yagona vakili emas. Emomali yaqinda oʻz kenja oʻgʻlini Dushanbega mer etib tayinlagan edi. 2016 yilda Emomali Rahmon Ozodani prezident devoni rahbari etib tayinlagan. Ayol bundan tashqari senator vazifasida ham faoliyat yuritadi", — deyiladi xabarda.

Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Emomali Rahmon 29 yashar oʻgʻlini Dushanbega mer etib tayinladi
Tojikiston prezidentining 39 yashar qizi huquqshunoslik diplomiga ega. U oʻz faoliyatini diplomatiya sohasidan boshlagan, 2009 yilda Tojikiston Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari etib tayinlangan.

Ozoda Rahmon turmush oʻrtogʻi Jamoliddin Nuraliyev bilan 5 nafar farzandni tarbiyalamoqda. Nuraliyev — Tojikiston Milliy banki raisining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlaydi.

Boshqa davlatlardachi?

VVS roʻyxatidan shuningdek, Pokiston Bosh vazirining qizi — Maryam Navoz, Rossiya prezidentining qizi — Yekaterina Putina, Turkiya rahbarining kenja qizi — Syumiye Erdoʻgʻon, afrikalik birinchi milliarder ayol — Izabel dush Santush (Angolaning ikkinchi prezidenti qizi), va Kuba prezidentining qizi — Mariela Kastrolar oʻrin olgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala