O‘zbekiston TIVda Saudiya Arabistoni elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

CC BY-SA 2.0 / t_y_l / P9070968O‘zbekiston TIV binosi
O‘zbekiston TIV binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suhbat davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari borasida fikr almashildi

TOShKENT, 25 mar — Sputnik. 24 mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatda diplomatik missiyasini yakunlayotgan Saudiya Arabistoni Qirolligining favqulodda va muxtor elchisi Abdurahmon bin Abdulloh ash-Shayani qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Jahon" AA.

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Saudiya Arabistoni iiroli Salman ibn Abdel Aziza al-Saudni kutib olmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Saudiya Arabistoni qiroli Yaponiyaga 10ta samolyot bilan keldi
TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, suhbat davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari borasida fikr almashildi.

Uchrashuvda elchining 2011−2017 yillardagi samarali faoliyati qayd etildi. Ushbu davr mobaynida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida hamkorlik izchil rivojlanib, mustahkamlangani e’tirof etidi.

Elchi, o‘z navbatida, diplomatik faoliyatida amaliy ko‘mak ko‘rsatilgani uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorchilik bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0