Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi yangi yo‘l o‘tkazgich loyihasi bilan tanishdi

© IA "Jaxon"O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirobod tumanidagi qurilishi va rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilayotgan ko‘prikning eni 30, uzunligi 346 metr bo‘lgan qismi rekonstruksiya qilinadi. Eni 22, uzunligi 281 metr bo‘lgan qismi yangidan quriladi. Ko‘prikning ikki tomonida piyodalar yo‘lakchasi qurilib, tungi yoritgichlar o‘rnatiladi

TOShKENT, 25 mar — Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentning kichik xalqa yo‘li va Farg‘ona yo‘li ko‘chasi tutashgan joydagi yo‘l o‘tkazgichni qurish hamda rekonstruksiya qilish loyihasi bilan tanishdi, deb xabar qildi "Podrobno.uz".

Mirobod tumanidagi qurilishi va rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilayotgan ko‘prikning eni 30, uzunligi 346 metr bo‘lgan qismi rekonstruksiya qilinadi. Eni 22, uzunligi 281 metr bo‘lgan qismi yangidan quriladi. Ko‘prikning ikki tomonida piyodalar yo‘lakchasi qurilib, tungi yoritgichlar o‘rnatiladi. Bu ishlar haydovchi va yo‘lovchilarga katta qulaylik yaratish barobarida ko‘prikning harakat xavfsizligini ta’minlash darajasini oshiradi.

Prezident zamonaviy ko‘priklar qurish, yo‘llarni zamon talablariga moslashtirish aholiga qulaylik yaratish, xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Ko‘prik ostidan o‘tuvchi temir yo‘l atrofini obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Yangiliklar lentasi
0