Eron AQShning 15 kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi

© REUTERS/Raheb Homavandi/File PhotoEron bayrog‘i
Eron bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mahalliy gashr xabariga ko‘ra, ushbu cheklovlar "hududdagi xalqlarni xo‘rlashda ishtirok etayotgan firmalarga qarshi qaratilgan".

TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Eron Islom Respublikasi AQShning "terrorchilikka yordam berayotgan" 15 kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritganini e’lon qildi, RIA Novosti xabariga asosan.

Ushbu choralar AQSh tomonidan Eronga nisbatan kiritilayotgan bir tomonlama cheklov choralariga qarshi javob bo‘ldi.

"Cheklovlar terrorchilikni qo‘llab quvvatlayotgan sionist uyushmalar va hududdagi xalqlarni xo‘rlashda ishtirok etayotgan firmalarga qarshi qaratilgan", — deyilgan Tasnim axborot agentligi xabarida.

Eron tomonidan cheklov kiritilgan kompaniyalar orasida quyidagilar bor: BENI Tal, United Technologies Produces, RAYTHEON, ITT Corporation, Re/Max Real Estate, Oshkosh Corporation, Magnum Research Inc, Kahr Arms, M7 Aerospace, Military Armament Corporation, Lewis Machine and Tool Company, Daniel Defence, Bushmaster Firearms International, O.F Mossberg & Sons va H-S Precision Inc.

"Mazkur kompaniyalar bilan har qanday aloqa o‘rnatish va hamkorlik qilish taqiqlangan, Eron Islom respublikasi vakolatlari doirasidagi hududlarda ushbu kompaniyalarga tegishli mol-mulk musodara qilinadi, kompaniya xodimlari va rahbarlariga vizalar berilmaydi", — deyiladi Eron TIV bayonotda.

Hujjatda, aytilishia qaraganda, agar zarur bo‘lib qolsa, Amerikaning boshqa kompaniya va jismoniy shaxslari bu ro‘yxatga kiritiladi.

Yangiliklar lentasi
0