Jamiyat

FVV ogohlantiradi: Oʻzbekistonda aprelda qor yogʻadi

© Sputnik / Said Tsarnayev / Fotobankka oʻtishPovsednevnaya jizn
Povsednevnaya jizn - Sputnik Oʻzbekiston
Aprel oyida Oʻzbekiston boʻylab havo keskin oʻzgarishi kutilyapti. 1-2 aprel kunlari yomgʻir yogʻishi, ayrim hududlarda yomgʻir qorga aylanishi mumkin.

TOSHKENT, 27 mar — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi oldindagi 10 kun mobaynida mamlakat hududida ob-havo sharoitining keskin oʻzgarishi haqida xabar qildi.

Xususan, 30-31 mart kunlari respublika boʻylab yomgʻir yogʻadi. Shamol tezligi soniyasiga 15-20 metr tezlikda esadi.

26-31 mart kunlari Oʻzbekistonning togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi mavjud. Shu kunlari togʻ oldi hududlarda esa sel kelishi mumkin.

Aprel oyida Oʻzbekiston boʻylab havo keskin oʻzgarishi kutilyapti. 1-2 aprel kunlari yomgʻir yogʻishi, ayrim hududlarda yomgʻir qorga aylanishi mumkin. Shamol tezligi soniyasiga 22 metrgacha koʻtarilishi mumkin.

2-4 aprel kunlari esa havo harorati keskin tushib ketadi, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi. Kechasi 3 darajagacha sovib ketishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala