O‘zbekistonda jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimi tubdan isloh qilinadi

© PixabayPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hujjatda aytilishicha, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi davlat organlarining ish shakli va uslublari, eng avvalo axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan yetarli darajada foydalanilmayotganligi sababli hozirgi kun talablariga to‘liq javob bermaydi

TOShKENT, 27 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaldagi huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini tubdan takomillashtiruvchi qarorga imzo chekdi, deb xabar beradi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Hujjatda aytilishicha, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi davlat organlarining ish shakli va uslublari, eng avvalo axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan yetarli darajada foydalanilmayotganligi sababli hozirgi kun talablariga to‘liq javob bermaydi.

O‘zbekistonda har payshanba jinoyatchilikning oldini olish kuni deb e’lon qilindi

Davlat idoralari, deya qayd etiladi hujjatda, aksariyat hollarda huquqbuzarliklar profilaktikasini faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi sifatida baholab, oqibatda ushbu faoliyatga lozim darajada e’tibor qaratmayapti.

"Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarning aniq manzilga yo‘naltirilmaganligi va ularga kompleks yondashilmayotganligi, shuningdek huquqbuzarliklarning tizimli ravishda sodir etilishiga doir sabab va shart-sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish samaradorligi mavjud emasligi kutilayotgan natijalarni bermayapti", — deyiladi hujjatda.

Mazkur qarorga asosan mamlakatda qator chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqiladi.

Huquqbuzarliklarning, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida oldini olish hamda ularga chek qo‘yish, shuningdek ularning sodir etilish sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar samaradorligi oshiriladi.

Kompyuterxonadagi bolalar - Sputnik O‘zbekiston
2016 yilda voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlar soni kamaygan

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shu jumladan videokuzatuv, elektron hisobga olish va o‘zaro axborot almashish, idoralararo ma’lumotlar bazalari tizimlari profilaktik ishlarga keng joriy etiladi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha idoralararo dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirishda manzillilik, sohaviy ixtisoslashuv, hududiy va boshqa o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olinishi ta’minlanadi.

Birinchi navbatda aholi bandligini ta’minlash, ayollar va yoshlarni ijtimoiy-foydali faoliyatga jalb etishni faollashtirish, voyaga yetmaganlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha ish olib boriladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tuzilmasida Qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasi tashkil etiladi.

Toshkentda 6 kun ichida 32ta jinoyat fosh qilindi

Huquqbuzarliklar sodir etilish sabab va shart-sharoitlarning, qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlashga ta’sir etuvchi omillarning, ayniqsa huquqbuzarliklarning salbiy dinamikasi kuzatilgan sohalarda tizimli tahlilini tashkil etish, huquqbuzarliklarning sodir etilishiga olib kelayotgan sabab va shart-sharoitlarni barham toptirishga qaratilgan ta’sirchan chora-tadbirlarni ishlab chiqish boshqarmaning asosiy vazifalari etib belgilanadi.

Bundan tashqari, boshqarma huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligini tanqidiy tahlil qilish, qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning zamonaviy usul va shakllarini tatbiq etish borasida takliflar tayyorlash bilan shug‘ullanadi.

Boshqarmaga noyuridik mutaxassislikdagi (iqtisodchilar, moliyachilar, sotsiologlar va boshqalar) zarur bilim va tajribaga ega yuqori malakali kadrlar ishga qabul qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0