Jamiyat

Navoiyda islohotlar qanday bormoqda: Mirziyoyevning viloyat boʻylab safari boshlandi

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Mamlakat yetakchisi oʻzining saylovoldi dasturida Navoiy viloyatini rivojlantirish boʻyicha ulkan rejalarni bayon etgan edi

TOSHKENT, 28 mar — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida bugun Navoiy viloyatiga keldi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi hukumat portali xabar bermoqda.

Mamlakat yetakchisi oʻzining saylovoldi dasturida Navoiy viloyatini rivojlantirish boʻyicha ulkan rejalarni bayon etgan edi. Shavkat Mirziyoyevning Navoiy viloyatiga tashrifi davomida ana shu rejalar ijrosi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, istiqbolli loyihalar bilan tanishishi va xalq bilan bevosita muloqot qilishi koʻzda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga keldi

Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti rahnamoligida Navoiy viloyatida betimsol bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Navoiy viloyati haqida gap ketganda, avvalo, uning mehnatkash xalqi, yer osti va yer usti boyliklari, ulkan iqtisodiy salohiyati koʻz oldimizda namoyon boʻladi.

Navoiy Oʻzbekistonning yirik sanoat hududi hisoblanadi. Viloyatda konchilik, metallurgiya, kimyo, energetika, qurilish materiallari, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati izchil rivojlanmoqda.

Hozirgi kunda viloyatda 17 yirik sanoat korxonasi faoliyat koʻrsatmoqda. Navoiy kon-metallurgiya kombinati, "Navoiyazot", "Qizilqumtsement", "Navoiy issiqlik elektr stantsiyasi" aktsiyadorlik jamiyatlari va "Elektrkimyozavodi" qoʻshma korxonasi shular jumlasidandir. "Navoiy" erkin iqtisodiy zonasida 18 korxona faoliyati samarali yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ular tomonidan 100 dan ortiq turdagi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Uzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Navoiy viloyatiga yangi hokim tayinlandi

Viloyatda oʻtgan yili 866 yangi kichik biznes subʼyekti tashkil etildi. Kichik biznes subʼyektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 611,9 milliard soʻm kredit ajratildi. 2,8 trillion soʻm kapital qoʻyilmalar oʻzlashtirildi.

Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida umumiy qiymati 229 milliard soʻmlikdan ortiq loyihalar amalga oshirilib, 9 ming 500 dan ziyod yangi ish oʻrni yaratildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala