Mirziyoyev qurilishlarini kamera orqali shaxsan kuzatib bormoqda

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishKuzatuv kamerasi
Kuzatuv kamerasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezidentning Facebookdagi sahifasida “Novza” metrosi yonidagi ko‘prik qurilish qisqa videoko‘rinishi havola etildi.

TOShKENT, 28 mar – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Novza” metrosi  yonidagi ko‘prik qurilish jarayonini kuzatuv kameralari orqali shaxsan kuzatib borgan, deb xabar qilmoqda prezidentning Facebookdagi sahifasi.

“Bunyodkor va Muqimiy ko‘chalari kesishgan chorrahadagi ko‘prik qurilishi jarayoni, boshqa muhim obyektlar qatori, davlatimiz Rahbari tomonidan zamonaviy videokuzatuv tizimi orqali ham shahsan nazoratga olingandi. Ushbu ko‘prik qurilishi jarayonining qisqa videoko‘rinishi havola etilmoqda”, — deyilgan  sahifada.

Sahifada xabar berilishiga qaraganda,  bu O‘zbekiston prezidenti tomonidan doimiy ravishda kuzatib borilayotgan birinchi qurilish obyekti emas.

 

Yangiliklar lentasi
0