Uchuvchisiz apparatlar politsiyaga xizmat qilmoqda

© MVDPolitsiya xodimlari uchuvchisiz apparat bilan
Politsiya xodimlari uchuvchisiz apparat bilan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Krasnoyarsk viloyatida politsiya yo‘l qoidasini buzgan haydovchini aniqlash uchun uchuvchisiz apparatdan foydalandi.

TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Rossiyada bundan oldin ham politsiya xodimlari tomonidan turli jinoyat va qoidabuzarliklarni aniqlash uchun dronlar va uchuvchisiz apparatlardan foydalanilgani haqida xabar bergan edik.

Bu safar Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi politsiyasining Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi xodimlari, uchuvchisiz apparatdan yo‘l harakati qoidasini buzgan haydovchilarni aniqlash uchun foydalanishdi.

Buning uchun ular uchuvchisiz apparatni osmonga, 500 metr balandlikka uchirib, avtomagistralni kuzata boshlashdi. Ko‘p o‘tmay ular, yo‘lning uzuluksiz chiziq bilan belgilangan, tor qismida, oq sedan qarama-qarshi tomonga chiqib, yuk mashinasini quvib o‘tayotganining guvohi bo‘lishadi va ushbu qoidabuzarlikni videoga yozib olishadi. Keyin esa, ushbu video tasvir, hayron bo‘lgan haydovchiga namoyish etiladi.

Huquqni saqlash organlar xodimlari 2 soat davomida ana shunday qoidabuzarlik uchun 16 ta jarima protokoli to‘ldirishdi.

Eslatib o‘tamiz, uchuvchisiz apparatlar 1933-yildan boshlab, Buyuk Britaniyada harbiylar uchun ishlab chiqarila boshlagan. Ikkinchi Jahon urushi yillarida ulardan nishon, yoki dushman ustiga qulab tushadigan bomba sifatida foydalanilgan.

Bugungi kunda uchuvchisiz apparatlar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinda AQSh, Isroil va Buyuk Britaniya turadi. AQSh armiyasida 7500ga yaqin turli xil uchuvchisiz apparat "xizmat qiladi".

Uchuvchisiz apparatlardan tinchlik maqsadlarida foydalanish 2000-yillardan keyin, smartfonlar rivojlanishi bilan bir vaqtda boshlandi. Videokamera o‘rnatilgan dronlardan havaskor maqsadlarda foydalanish avj oldi.  Bugungi kunda AQShdagi Amazon internet-magazini xaridorlarga sotib olingan tovarlarni dronlar yordamida yetkizib berish tizimini yo‘lga qo‘ymoqda.

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishXavaskorlar dron uchirmoqda
Bespilotnik - Sputnik O‘zbekiston
Xavaskorlar dron uchirmoqda
Yangiliklar lentasi
0