Iqtisod

Mirziyoyev yangi oltin konni ishga tushirdi

© AFP / VIKTOR DRACHEVOʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
2017-2026-yillarda Navoiy kon-metallurgiya kombinatida 27 loyiha amalga oshiriladi. Qoʻshimcha 31 mingga yaqin ish oʻrni yaratiladi

TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navoiy davlat konchilik institutiga tashrif buyurdi. Bu yerda Auminzo-Amantoy oltin konlari negizida Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 5-gidrometallurgiya zavodi qurilishining boshlanishiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi Oʻzbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

Qirgʻizistondagi Qumtor oltin koni - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Qumtor - Oʻrta Osiyodagi eng yirik oltin koni
Oʻzbekistonning barcha sanoat tarmoqlarida boʻlgani kabi Navoiy kon-metallurgiya kombinatida ham modernizatsiya ishlari olib borilmoqda. Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017-2026-yillarda kombinatda 27 loyiha amalga oshirilishi belgilangan. 5-gidrometallurgiya zavodi ularning eng muhimlaridan biridir. Umumiy qiymati 396 million AQSH dollari boʻlgan ushbu loyiha yiliga 5 million tonna rudani qayta ishlash, 5 ming 300 ga yaqin ish oʻrni yaratish imkonini beradi.

Shavkat Mirziyoyev yangi gidrometallurgiya zavodi ulkan iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.

Mirziyoyev Auminzo-Amantoy oltin konlarida oʻzlashtirishni boshlash uchun ramziy tugmani bosdi. Tadbirni videokonferentsiya orqali Tomdi tumanida, 5-gidrometallurgiya zavodi bunyod etiladigan hududda kuzatib turgan kombinat mutaxassislari konni portlatdi.

2017-2026-yillarda Navoiy kon-metallurgiya kombinatida 27 loyiha amalga oshiriladi. Qiymati 3 milliard 63 million dollar boʻlgan mazkur loyihalar natijasida kombinatning ishlab chiqarish quvvati 30 foizga ortadi. Qoʻshimcha 31 mingga yaqin ish oʻrni yaratiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala