Migratsiya

Yangi kelishuv: Rossiyada ish vaqtida mayib boʻlgan migrantlarga tovon puli toʻlanadi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishMoskva-Toshkent poyezdi yoʻlovchilari
Moskva-Toshkent poyezdi yoʻlovchilari - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya va Oʻzbekiston Mehnat vazirliklari ishlab-chiqarish vaqtida jabrlanganlarga toʻlov toʻlash boʻyicha monitoring oʻtkazish tartibini imzoladi

TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. 28 mart kuni Rossiya mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Maksim Topilin Oʻzbekiston Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov bilan Moskvada muzokaralar oʻtkazdi, deb xabar qildi Rossiya Mehnat vazirligi matbuot-xizmati.

Migratsiya markazi - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Oʻzbekiston tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada vakolatxonasini ochadi
Uchrashuv doirasida tomonlar Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida 1994 yil 9 sentyabrda imzolangan ishchilarga mayiblik, kasbiy kasallik yoki ularning sogʻligʻiga yetgan mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq boshqa zararlar uchun tovon puli olish huquqlarini oʻzaro tan olish toʻgʻrisidagi bitimning ijro etilishi ustidan monitoring oʻtkazish tartibini imzoladi.

Maksim Topilinning taʼkidlashicha, monitoring jabrlanganlarga toʻlovlar oʻz vaqtida hisoblab berilishini taʼminlaydi.

Ikki mamlakat vazirlari Oʻzbekiston va Rossiya hukumatlari oʻrtasidagi Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiya hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkiliy jalb etish haqidagi bitim loyihasini muhokama qildi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala