"O‘zbekiston havo yo‘llari" stuardessalikka qizlar tanlovini e’lon qildi

© Uzbekskie avialiniiO‘zbekiston Havo yo‘llari stuardessalari
O‘zbekiston Havo yo‘llari stuardessalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tanlovda ishtirok etadigan qizlar xushbichim, kelishgan qaddi qomatli, yuzida va tana tuzilishida ko‘rinib turadigan tashqi nuqsonlar bo‘lmasligi, sariq va oq metallardan tish qoplamalari bo‘lmasligi, yuzida va qo‘llarida tatuirovka bo‘lmasligi kerak, sochlar batartib turmaklangan bo‘lishi zarur

TOShKENT, 29 mar — Sputnik. 2017 yil 3-5 may kunlari "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi bortkuzatuvchi lavozimiga qizlar tanlovi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi "Darakchi" nashri.

Arizalarni qabul qilish Uchuvchilar majmuasida 2017-yilning 3 dan 24-apreliga (24 aprel kuni ham) qadar, shanba va yakshanba kunlaridan tashqari, soat 09-00 dan 12-00 gacha o‘tkaziladi.

Bortkuzatuvchi lavozimiga nomzodlarga talablar:

Yoshi — 18 dan 25 yoshgacha. Tanlov o‘tkazilayotgan vaqtda 18 yoshga yetmagan yoki 25 dan oshgan shaxslar tanlovda ishtirok etishga qo‘yilmaydilar.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi

O‘zbekiston havo yo‘llari aviakompaniyasi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekiston havo yo‘llari" Pokistonga parvozlarni tiklamoqda
Toshkent shahrida propiskadan o‘tgan bo‘lishi yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi;

Ma’lumoti –o‘rta maxsusdan past bo‘lmasligi kerak (11 sinf, litsey, kollej)

Davlat, rus va ingliz tillarini erkin so‘zlashish darajasida bilishi kerak.

Bo‘yi: 157 dan 175 sm gacha. Og‘irligi bo‘yiga mutanosib bo‘lishi kerak.

Xushbichim, kelishgan qaddi qomatli, yuzida va tana tuzilishida ko‘rinib turadigan tashqi nuqsonlar bo‘lmasligi, sariq va oq metallardan tish qoplamalari bo‘lmasligi, yuzida va qo‘llarida tatuirovka bo‘lmasligi kerak, sochlar batartib turmaklangan bo‘lishi zarur.

O‘zbekiston havo yo‘llari samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Tojikistonga birinchi aviareys 4-aprel kuni amalga oshiriladi
Tanlovda nomzodlarning umumiy saviyasi va ong-bilim darajasiga katta e’tibor beriladi: mamlakatimiz tarixi va geografiyasi, tarixiy obidalar va diqqatga sazovor joylar, tarixiy va milliy qahramonlarimizning biografiyasi, dunyo geografiyasi bo‘yicha bilimga ega bo‘lish kerak.

Tanlov o‘tkazish natijalarini obektiv ko‘rib chiqish maqsadida tanlov ishtirokchilari javoblarini audio-video yozuviga olishga yo‘l qo‘yiladi.

Anketa-arizani to‘ldirishda pasport, ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat va baholar varaqasi nusxasini, til bo‘yicha tayyorgarlik kurslarini tugatganlik haqida guvohnoma, harbiy bilet (harbiy xizmatga majbur shaxslar uchun), mehnat daftarchasi (mehnat staji bo‘lganda) ilova qilinishi kerak.

Stuardessalar - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekiston havo yo‘llari" liboslar dizayni uchun tanlov e’lon qildi
Yonida pasport va 6x9 o‘lchamdagi bitta fotosurat bo‘lishi kerak. Arizalar to‘liq komplekt holida qabul qilinadi va qaytarib berilmaydi.

Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar. Sog‘liqqa qo‘yiladigan talablar o‘ta yuqori. Parvoz ishlariga layoqatlilik haqida xulosani vrachlik–uchuvchilar ekspert komissiyasi beradi.

Tanlovning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan shaxslar Milliy aviakompaniyaning Toshkent shahridagi O‘quv-mashq markazida o‘qitiladilar.

Yangiliklar lentasi
0