«O‘rikzor" bozorining tungi o‘g‘rilari qo‘lga tushdi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishQulf ochish
Qulf ochish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uch nafar fuqaro bir necha oy davomida "O‘rikzor" bozori omborxonalaridan tunda mahsulot o‘g‘irlagan. Konteyner egalarining bundan xabari ham bo‘lmagan.

TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Toshkent shahar Uchtepa tumani IIB xodimlari o‘ta katta miqdorda amalga oshirilgan ushbu o‘g‘irlikni fosh qilishdi. O‘g‘rilar qo‘lga olindi nuz.uz xabari asosida.

Uch nafar buxorolik fuqarolar bozor ombobrxonalaridan mollarni o‘g‘irlab ularni pullash uslubini o‘ylab topgan. Hamma narsa puxta o‘ylangan bo‘lgan. Kun davomida, odatda omborxonalarda doim odam bor, chunki mahsulotni xaridorlarga topshirish kerak. Tunda esa konteynerlar qulflanadi. Butun omborxonada faqat bir keksa qorovul  qoladi xolos. U ham darvoza oldida turadi.

Toshkentda 6 kun ichida 32ta jinoyat fosh qilindi

"O‘g‘rilar omborxonaga tunda kelishgan. Qorovullar esa ular konteyner egalari bo‘lganiga ishonchi komil bo‘lgan va ularni o‘tkazib yuborgan. Jinoyatchilar omborxonaga kirib, biror konteyner qulfini ochib, narsalarini yuk mashinasiga ortib, konteynerni esa yana qulflab ketaverishgan. Shunday ishlar bir necha oy davom etgan. O‘g‘rilar asosan qurilish mollari, texnika va elektronika saqlanayotgan omborxonalarni tanlab olishgan. Shuningdek ular avtomobil ta’miri uchun kerakli qimmatbaho mahsulotlarni ham o‘g‘irlashgan", — deb hikoya qilib berdi Uchtepa tuman IIB tergov bo‘limi boshlig‘i Jafar Amonov.

O‘g‘irlangan mollarni jinoyatchilar yarim bahoda Toshkentning boshqa bozorlarda sotishgan yoki Buxoro viloyatiga jo‘natib yuborishgan.

Qizig‘i shundaki, ushbu ish yuzasidan qidiruv ishlari jabrlanganlar arizasi tufayli emas, hududni nazorat qilayotgan huquqni saqlash organlari xodimlari tashabbusi bilan boshlangan.

Dastlab "O‘rikzor" bozorida paydo bo‘layotgan juda arzon mollar tezkor-qidiruv xodimlarining diqqatini tortgan. Keyin ular konteyner egalaridan yo‘qolgan mahsulot haqida so‘rab surishtiria boshlagan. Konteyner egalari mahsulotlarini qayta sanab chiqib, yo‘qolgan mahsulotlarini aniqlashgan. Shundan keyin militsiyaga bir necha ariza kelib tushgan.

"Eng katta zarar avtomobil ta’mirlash sotilayotgan lak-kraska mahsulotlari sotuvchilariga yetkizilgan — 122 mln so‘m. Shuningdek  bir necha yuz millionlik televizorlar, isitgichlar, konditsionerlar va qurilish mollari o‘g‘irlangani aniqlangan," — dedi tergovchi.

Jinoyatchilar qo‘lilda bo‘lgan telefonlar orqali o‘g‘irlangan mollarni sotib olgan barcha sotuvchilar ham aniqlangan. Ularning Telegram messenjeri orqali olib borgan suhbatidan xaridorlar ham ushbu mahsulotlarning kelib chiqishidan xabardor bo‘lgani aniqlangan. Shu sababli xaridorlar ham ushbu jinoiy ish ishtirokchilariga aylangan.

Jinoy guruhning barcha a’zolariga bir necha yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0