Dunyoda

Ruhoniy: Eron va Rossiya strategik hamkorlik boʻsagʻasida turibdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishEron prezidentining Rossiyaga ishchi tashrifi
Eron prezidentining Rossiyaga ishchi tashrifi - Sputnik Oʻzbekiston
Eron va Rossiyaning har tomonlama hamkorlik yoʻlidagi munosabatlari strategik hamkorlik tomon yoʻnalmoqda, deb taʼkidladi Eron prezidenti Hasan Ruhoniy

TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. Eron va Rossiya strategik hamkorlik boʻsagʻasida turibdi, deb bayonot qildi Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Rossiyaga uyushtirgan ishchi safari davomida.

"Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar, iqtisodiy nuqtai nazardan, savdo aloqalari hamda turizm rivojlanishi nuqtai nazaridan ikki yoqlama munosabatlarda oʻsish boʻlganidan dalolat bermoqda. Soʻnggi oylar davomida qabul qilingan qarorlar biz, iqtisodiy, madaniy, ilm sohasidagi aloqalarda har tomonlama rivojlanish yoʻlida turganimizdan, strategik munosabatlar tomon ilgarilayotganimizdan dalolat bermoqda", — dedi u Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan oʻtkazgan muzokaralar yakuni boʻyicha bayonot berar ekan.

Ushbu uchrashuv chogʻida tomonlar turli sohalarda hamkorlik qilish boʻyicha 16 ta hujjat imzolashgan.

Eronda ballistik raketa uchirilishi - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Eron AQSH sanktsiyalariga nisbatan nafratini namoyish qilmoqda
Xususan, "Rosatom" davlat korporatsiyasi va Eron atom energiya tashkiloti bilan yadroviy moddalarni tashish sohasida hamfikrlik memorandumi imzolandi. Shuningdek, yonilgʻi-energetika majmuasi boʻyicha "Gazprom" va Eron milliy neft kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik qilish boʻyicha hamfikrlik memorandumi va maxfiylik haqida kelishuv, "Rosgeologiya" va Eron milliy neft kompaniyasi oʻrtasida hamfikrlik memorandumi, Rossiya va Eron energetika vazirliklari oʻrtasida elektr energiyani sotish sohasida hamkorlik qilish haqidagi hamfikrlik memorandumi imzolandi.

Tomonlar, shuningdek, Rossiya temir yoʻllari va "Eron Islom Respublikasi temir yoʻllari" oʻrtasida temir yoʻllarini elektrlashtirish boʻyicha strategik hamkorlik memorandumini hamda Garmsar — Inche Burun temir yoʻl qismining elektrlashtirilishi va Rossiya qurilmalari hamda lokomotivlarini yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolashdi

Tehron shahri - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston Eron bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtiradi
Bu hujjatlardan tashqari, Rossiya va Eron fuqarolarining vizasiz sayyohlik guruhlari safarlari haqida kelishuv, ikki davlatning sport vazirliklari oʻrtasida jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik haqidagi memorandum, qurilish va uy-joy-kommunal xoʻjaligi sohalarida hamkorlik haqidagi memorandum imzolandi.

Bundan tashqari, Rossiyaning akkreditatsiyalash federal xizmati va Eronning akkreditatsiyalash milliy markazi oʻrtasida hamfikrlik memorandumi, ikki davlatning tegishli vazirliklari oʻrtasida aloqa va axborot texnologiyalari sohasida hamkorlik qilish haqidagi hamfikrlik memorandumi hamda "Roskongress" jamgʻarmasi va Eron savdo-sanoat palatasi oʻrtasida hamkorlik haqidagi kelishuv imzolandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala