ZiyoNET portalida maktab o‘quvchilari uchun imtihon materiallari joylashtirildi

© Sputnik / Evgeny Epanchintsev / Mediabankka o‘tishKontrolnaya rabota v shkole
Kontrolnaya rabota v shkole - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Portaldagi materiallardan o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ularning ota-onalari erkin foydalanishlari mumkin.

TOShKENT, 29 mar — Sputnik. ZiyoNET portalida 2016-2017 o‘quv yili uchun umumta’lim maktablarining 4-9-sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan imtihon materiallari joylashtirildi. Bu haqda UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi xabar berdi.

"Kutubxona" bo‘limida umumta’lim maktablarining 4-9-sinf o‘quvchilari, qo‘shni davlatlar tillarida ta’lim olib boriluvchi maktablarning 4-5 va 7-9-sinf o‘quvchilari hamda maxsus maktab-internatlar va imkoniyati cheklangan o‘quvchilar ta’lim oluvchi maktablarning 9-10-sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan imtihon materiallari joylashtirilgan.

Portaldagi materiallardan o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ularning ota-onalari erkin foydalanishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0