Farrux Zokirov "Yil odami - 2016" mukofotiga sazovor bo‘ldi

© ludinaroku.com.uaFarrux Zakirov na premii "Chelovek goda"
Farrux Zakirov na premii Chelovek goda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov "Madaniy aloqalarni mustahkamlaganligi va xalqlarni ruhan yaqinlashtirgan"ligi uchun xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Mashhur xonanda va bastakor, "Yalla" guruhi asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov XXI umummilliy dasturi doirasida "Yil odami — 2016" mukofotiga sazovor bo‘ldi. Taqdirlash marosimi Ukrainadagi Opera va balet milliy akademik teatrida bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi "Jahon" AA.

Teatrga yig‘ilganlar sevimli artistlarini iliq qarshi oldilar. Tomoshabinlar iltimosiga binoan Farrux Zokirov "Choyxona" va "Uchquduq" qo‘shiqlarini kuyladi va marosim mehmonlari uni tik turib olqishladilar.

Peves Zakirov Farrux Karimovich - Sputnik O‘zbekiston
Farrux Zokirov jarrohlik operatsiyasini boshdan o‘tkazdi

"Yil odami" umummilliy dasturi direktori Arkadiy Raysin Ukrainada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston xalq artisti Farrux Zokirovning muxlislari juda ko‘p ekanligini bildirdi.

"Bu yerda yaxshi musiqa va betakror ijrochilik zamonlar osha yashab kelishini isbotlagan "Yalla" guruhi ijodini judayam sevishadi", — dedi u.

Yangiliklar lentasi
0