Bugun Mirziyoyev rahbarlarning hisobotini tinglaydi

© AP Photo / Anvar IlyasovPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev belgilangan vazifalar ijrosi, tizimdagi muammolar va sohalarning rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazishi rejalashtirilgan

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Bugun, 30-mart kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev belgilangan vazifalar ijrosi, tizimdagi muammolar va sohalarning rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazishi rejalashtirilgan, deb xabar bermoqda "Qalampir" sayti.

Joriy yilning 5-yanvar va 7-fevral kunlari sog‘liqni saqlash tizimining bir guruh yetakchi mutaxassislari, 9-fevral kuni esa ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.

Vrach - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: Sog‘liqni saqlash tizimini mutlaqo o‘zgartirish - davr talabi

Ushbu yig‘ilishlarda Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash tizimi, ichki ishlar va prokuratura organlari faoliyatiga oid bir qator topshiriqlar bergan va ijrosini shaxsan o‘zi nazoratga olib, bir necha oydan keyin hisobotlarni tinglashi haqida aytgan edi.

Xabarda aytilishicha, bugungi o‘tadigan selektorda soha va tizimda shu davrgacha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlar taqdim etiladi. Shuningdek, majlisda "2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida"gi qarorning amaliy natijalariga ham e’tibor qaratilishi ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0