Toshkentda nasha chekuvchilar to‘planadigan bangixonalar fosh qilindi

Obuna bo‘lish
Toshkentda o‘tkazilgan reydlar natijasida giyohvandlar nasha chekish uchun yig‘iladigan uchta bangixona aniqlandi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB

TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Toshkentda nasha chekuvchilar to‘planadigan bangixonalar aniqlanib, ular faoliyati to‘xtatildi, deb xabar qildi "Podrobno.uz".

Ma’lum qilinishicha, bangixonalar tashkilotchilari qo‘lga olingan. Ayni vaqtda esa giyohvand moddalar ta’siriga tushib qolganlarga nisbatan chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Nasha - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Ichki ishlar organlari xodimlari nasha chekayotganda qo‘lga tushdi
Brifingda ma’lum qilinishicha, oy boshidan buyon o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida giyohvand yoki psixotrop moddalar aylanmasi bilan bog‘liq 115ta holat aniqlangan. Militsiya xodimlari jami 2 kg 423 gramm giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. Shundan 2 kg 228 gramm marixuana, 23 gramm gashish, 16 gramm opiy, 155 gramm boshqa turdagi giyohvandlik vositalari musodara qilingan.

Mart oyining so‘nggi haftasi davomida olib borilgan tezkor tadbirlar davomida 21 ta holat qayd qilingan. Jami 308 gramm giyohvandlik vositalari daliliy ashyo tariqasida olingan.

© podrobno.uzNasha chekuvchilar to‘planadigan joy
Priton s kurilshikami anashi - Sputnik O‘zbekiston
Nasha chekuvchilar to‘planadigan joy
Yangiliklar lentasi
0