Toshkent chorrahalarida to‘xtash chiziqlariga maxsus belgilar o‘rnatiladi

© Sputnik / Aleksey Babushkin / Mediabankka o‘tishDvijenie transporta v gorode Tashkente
Dvijenie transporta v gorode Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"STOP" so‘zi yozilgan ishora belgisi svetofor yoki boshqaruvchining taqiqlovchi signalida transport vositasining to‘xtash joyini anglatadi.

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Toshkentning qoidabuzarliklarni qayd etish kameralari o‘rnatilgan chorrahalarida "Stop-chiziq" belgilarini o‘rnatish boshlanadi, deb xabar berildi Toshkent IIBB YHXB o‘tkazgan brifingda.

"STOP" so‘zi yozilgan ishora belgisi svetofor yoki boshqaruvchining taqiqlovchi signalida transport vositasining to‘xtash joyini anglatadi.

Bundan tashqari, to‘xtash chiziqlari yaxshi ko‘rinmay qolgan chorrahalarda chiziqlarni yangilash bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

Videokuzatuv kameralari - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent yo‘llaridagi kameralar: test sinovidagi birinchi xatoliklar

O‘zbekiston poytaxtida yo‘llarga belgi qo‘yishda sinov tariqasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan maxsus bo‘yoqlardan foydalanilmoqda. Bu bo‘yoq sovuq haroratda ham asfalt yuzasida saqlanib turadi. Agarda tajriba o‘zini oqlasa, mamlakat yo‘lsozlari mazkur bo‘yoqdan keng miqyosda foydalanadilar.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 15-martidan poytaxtning 115 chorrahasida yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd etuvchi videokameralar tizimi ishga tushdi. Ikki hafta davomida tizim tomonidan 45 mingdan ortiq qoida buzishlar qayd etildi. Qoida buzuvchilarning manzillariga jarima to‘lovi haqida xabarnomalar jo‘natildi.

Yangiliklar lentasi
0