Jamiyat

Sergey Lavrov 7 aprelda Toshkentga keladi

Toshkentda boʻlib oʻtadigan yigʻilish Hamdoʻstlik oliy organlarining 2017 yilda rejalashtirilgan eng muhim yigʻilishlaridan biri hisoblanadi

TOSHKENT, 31 mar — Sputnik. 7 aprel kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Toshkentda boʻlib oʻtadigan MDH TIV Kengashi yigʻilishida ishtirok etadi. Bu haqda Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, Toshkentda boʻlib oʻtadigan mazkur yigʻilish 2017 yilda rejalashtirilgan Hamdoʻstlik oliy organlarining eng muhim yigʻilishlaridan biri hisoblanadi.

Peregovorы S.Lavrova i A.Kamilova v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Lavrov: Oʻzbekiston - Rossiyaning MDHdagi asosiy iqtisodiy hamkori

Yigʻilishda vazirlar davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish borasidagi keng miqyosdagi masalalar va Hamdoʻstlik qatnashchi davlatlarining tashqi siyosiy yoʻnalishlarini muhokama qilishadi hamda dolzarb tashqi siyosiy muammolar yuzasidan fikr almashishlari rejalashtirilgan.

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi qatnashchi davlatlarining tashqi ishlar vazirlari xristian, musulmon va boshqa din vakillariga nisbatan kamsitish va toqatsizlik qilinishiga yoʻl qoʻymaslik haqida qoʻshma bayonot qabul qilishlari MDH TIVKning boʻlajak yigʻilishi diqqat markazida boʻladi.

Kun tartibidan shuningdek, MDH maqomini mustahkamlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, uning organlari ish samaradorligini oshirish, huquqni muhofaza qilish va gumanitar sohalardagi hamkorlik masalalari koʻrib chiqilishi koʻzda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala