Jamiyat

Eron Rossiyadan 100 ta “Suxoy Superjet” samolyoti sotib oladi

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev / Fotobankka oʻtishSuxoy Superdjet 100
Suxoy Superdjet 100 - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻrta masofalarga moʻljallangan Rossiyaning yangi yoʻlovchi samolyoti dunyoning koʻplab mamlakatlari qiziqishini uygʻotmoqda.

TOSHKENT, 2 apr Sputnik. Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak Eron Rossiyadan 12ta samolyot sotib olishga shartnoma imzolaganini xabar qildi.

“Eron 100 ta oʻrta masofaga uchuvchi “Suxoy Superjet 100” samolyotlari sotib olmoqchi. Ayni damda 12 ta samolyot borasida shartnoma imzolandi”, — dedi Novak shanba kuni.  

 

Novakning soʻzlariga qaraganda, Eron  birinchi bosqichda 12 ta, keyin 30ta samolyot sotib oladi.

Suxoy Superjet 100 yoki SSD100 – ikki motorli oʻrta masofalarga uchuvchi samolyot boʻlib, u 98 yoʻlovchini bilan 2700 mil masofaga uchishi mumkin. Samolyot 36 mln dollar turadi. Rossiyaning “Suxoy fuqaro samolyotlari” aviakompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu turdagi birinchi samolyot 2008 yilda ilk parvozini amalga oshirgan.

Novak xabar berishiga koʻra Rossiya va Eron orasida savdo sotiq hajmi 2016 yilda 98% oʻsgan. Ushbu shartnoma borasida dastlabki qadam preziden Putinning 2015 noyabrida Eronga boʻlgan safari vaqtida imzolangan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala