Jamiyat

Pokistonda ibodatxona nazoratchisi 20 kishini savalab oʻldirdi

© Sputnik / Yevgeniy Paxomov / Fotobankka oʻtishTraurnoye shestviye v Islamabade
Traurnoye shestviye v Islamabade - Sputnik Oʻzbekiston
Qurbonlarga avval narkotik modda qoʻshilgan ichimlik berilgan, keyin "tozalanish" udmiga koʻra, tayoq bilan savalangan, oxirida - xanjar sanchilgan.

TOSHKENT, 2 apr — Sputnik. Pokistonning Panjob viloyatida soʻfiylar masjidi nazoratchisi 20 kishini oʻldirdi, uch kishini jarohatladi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAVlar.

Fojea Karachidan 200 km shimoli-sharqda joylashgan Sargodxa shahrida roʻy bergan. Uch nafar ayol ushbu ommaviy qotillikdan qutilib qolgan va boʻlib oʻtgan voqeani politsiyaga aytib bergan.

Guvohlar aytishiga qaraganda, Ali Ahmad Gujara soʻfiylar ibodatxonasi nazoratchisi, Laxorlik Abdul  Vohid telefon orqali 20 kishini juma oqshomi "tozalanish" udmi oʻtkazish uchun taklif qilgan.

Dor - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Pokiston qatl qilish boʻyicha rekord oʻrnatdi

Nazoratchi ularni masjid xonalaridan birida birma-bir qabul qilgan. Qurbonlarga avval tarkibiga narkotik modda qoʻshilgan ichimlik berilgan, keyin, "tozalanish" udmiga koʻra, kiyimi yechilib tayoq bilan savalangan. Eng soʻngida nazoratchi ularning  tanasiga xanjar sanchgan. 

Masjidga yetib kelgan politsiyachilar 20 kshining jasadini topishgan, ular Abdul  Vohid va yana 4 kishini ushbu jinoyatda ayblab hibsga olgan.

Politsiya xabarida aytilishiga koʻra, 50 yoshli Abdul Vohid ruhiy kasalga chalingan boʻlishi ehtimoli bor. Agar shunday boʻlsa qanday qilib nazoratchi Abdul Vohid bir necha yil davomida davlat xizmatida ishlab kelgan, degan savol oʻz-oʻzidan tugʻiladi.

Mahalliy aholi guvohligiga qaraganda, ushbu xizmatchi-nazoratchi masjidga oyiga ikki marotaba kelib odamlarni qizdirilgan temir bilan qiynagan. Nazoratchi fikriga koʻra bu ham "tozalash" udmi ham sogʻliqqa foyda keltirar emsh.

Boshqa OAVlar xabariga koʻra, Panjob mahalliy hukumati, masjidda boʻlib oʻtgan haqiqiy terrorchilikni yashirish maqsadida, ushbu xabarni tarqatmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala